"Lids Yunayted" futbolchisi allaqachon jamoadan ketgan. Xabarlarga ko‘ra, braziliyalik hujumchi Rodrigo Moreno ingliz klubidan ketgan. 32 yoshli futbolchi Qatarning "Al-Rayyan" klubi bilan shartnoma imzoladi.
U "Lids"da haftasiga 100 ming funt maosh olardi. Endilikda bu pulni jamoa tejab qoladigan bo‘ldi. Chempionship jamoasiga bu pullar juda zarur sanaladi.