Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston terma jamoasi AQSH bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi AQSH bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldinda turgan rasmiy musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi. Vakillarimiz sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgandi. Biroq murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, vakillarimiz Amerika Qo‘shma Shtatlarida yig‘in o‘tkazadigan bo‘ldi.

Srechko Katanes shogirdlari yig‘in doirasida 9 sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 10 sentyabrga o‘tar kechasi) FIFA reytingida 11-o‘rinni egallab turgan AQSH milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadilar. Uchrashuv Missuri shtati Sent-Luis shahridagi “CityPark” stadionida bo‘lib o‘tadi.

AQSH — O‘zbekiston
10 sentyabr | 03:30 (Toshkent v.b)
“CityPark” stadioni. Sent-Luis

Ma’lumot o‘rnida, mazkur bahs jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘zaro o‘yin hisoblanadi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 17:32, 29.06.2023.
O'qildi: 3683 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.