Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

Brahim Dias: «Madrid»ga muvaffaqiyat qozonish istagi bilan qaytdim»

Brahim Dias: «Madrid»ga muvaffaqiyat qozonish istagi bilan qaytdim»

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning yangi-eski o‘yinchilari Brahim Dias va Fran Garsiya yana Madrid superklubi  a’zolari  sifatida  ommaga taqdim etildi.

Yangi-eski iborasiga kelsak, birinchisi, 2019 yili «Manchester Siti»dan «qirollik klubi»ga kelib qo‘shilgan va bir yildan so‘ng «Milan»ga ijaraga berilgandi. Mana, 3 yillik safardan keyin, Brahim yana jonajon klubi safiga kelib qo‘shildi. «Real» tarbiyalanuvchisi Fran Garsiya esa «Rayo Valyekano» klubida 3 yil faoliyat yuritdi va u ham ortga qaytdi. Taqdimot marosimidan so‘ng, ushbu futbolchilar jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

 «Real»ga qaytishi haqida:

- «Milan»da men shu uch yil ichida - ham maydonda va ham uning tashqarida yetuk insonga aylandim. Endi esa Madridga - dunyodagi eng yaxshi klubga muvaffaqiyat qozonish istagi bilan qaytdim. Bundan juda xursandman. Men o‘ylagan birinchi narsa bugunning juda uzunligidir, lekin shu vaqtni oilam bilan o‘tkazganimdan mamnunman, albatta. Bu hayotimdagi eng baxtli kunlardan biri: bu yerda bo‘lish har - har bir bolaning orzusidir va men bunday imkoniyatga ikkinchi marta muvaffaq bo‘ldim.

O‘zining kuchli  jihatlari haqida:

- Men omadliman, chunki ikkala oyog‘imda ham birdek o‘ynay olaman va murabbiy eng yaxshi ko‘rgan pozisiyam - qanot yoki markazda o‘ynatadi. Shunday bo‘lsada, murabbiy qanday qaror qilmasin, baridan mamnun bo‘laman.

Karim Benzemning  ketgani haqida:

- Benzema ajoyib futbolchi, uning ketishi jamoaga bosim qo‘shadi, ammo bu yaxshi. Biz o‘zimizning eng yaxshi versiyamizni namoyish etishimiz kerak, men buni amalga oshiraman va «Real Madrid»ni munosib namoyish etishimga aminman.

Karlo Anchelotti haqida:

- U bilan hali gaplashmadim, lekin uning rahbarligi ostida ishlash imkoniyatidan xursandman.

Rodrigo haqida:

- Biz sherikmiz va klub uchun eng yaxshisini xohlaymiz. Har kim qo‘lidan kelganini qiladi. Rodrigo ajoyib o‘yinchi, juda iste’dodli. U bilan munosabatlarimiz ya’lo darajada.

Jamoadoshlari haqida:

- «Madrid»da do‘stlarim bor, ular meni qaytib kelganim bilan tabriklashdi va xuddi mendek, ular ham uchrashuvimizni sabrsizlik bilan kutishmoqda.

«Real Madrid» haqida:

- O‘tgan mavsumda jamoa nimaga erishganini ko‘rish kifoya. Shubhasiz, bu dunyodagi eng kuchli klub. Kuboklarlar, kambeklar, «Bernabeu»dagi sehrli kechalar - bu men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Mavsum boshlanishini va jamoadoshlarim bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kut­yapman.

«Milan» haqida:

- Bu yerda turganimdan juda xursandman, lekin «Milan»da o‘ynaganimda, o‘zimni eng yaxshi holatda ko‘rsatishga harakat qildim, chunki bu boy tarixga ega ajoyib klub. O‘sishim uchun yaratib bergan imkoniyatlari uchun «Milan»dan juda minnatdorman. Ushbu uch yil mobaynida biz «A» seriyada g‘alaba qozondik, Chempionlar Ligasining yarim finaliga chiqdik. Men klubda baxtli edim va u yerda meni sevishardi. «Madrid» meni ortga qaytarish uchun mavsum yakunini kutdi. Bu klublar har doim bir-birlariga hurmat ko‘rsatishgan.

Asosiy tarkib uchun raqobat haqida:

- Raqobat bor, lekin bu yaxshi. Men dunyodagi eng kuchli jamoadaman, bu yerda juda kuchli futbolchilar to‘planishgan. Bu esa murabbiy uchun ham, klub uchun ham yaxshi. Shubhasiz, bu yerga muvaffaqiyatga erishish uchun qaytdim, lekin tabiiyki ishsiz bu mumkin emas. Shuningdek, bu yerdagi sanoqsiz sovrinlarni qo‘lga kiritgan aql bovar qilmas futbolchilardan o‘rganish istagisiz ham...

Asensio kabi ajoyib zaxira roli haqida:

- Asensio - ajoyib futbolchi va do‘stimdir. Men qo‘limdan kelganicha harakat qilishim kerak, qogani esa murabbiy qaroriga havola. Ko‘p mehnat qilish, o‘rganish va kamtarlikni saqlash kerak.

La Liga, APL va  «A» seriya o‘rtasidagi farq haqida:

- Men eng kuchli uchta chempio­natda o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim va har birida ko‘p narsalarni o‘rgandim. Aytishim mumkinki, har biri o‘ziga xos xususiyatlariga ega. La Liga va APLda o‘ynaganimda juda yosh edim, endi esa yetuk bo‘ldim. Angliyada jismoniy holat, Ispaniyada texnika va to‘p bilan o‘ynash, Italiyada esa taktika muhim.

Ispaniya terma jamoasi haqida:

- Terma jamoada o‘ynash sharaf, lekin hozir bu haqda gapirish vaqti emas. Men faqat klubga qaytishim haqida gapirmoqchiman. Agar bu yerda o‘zimni isbotlay olsam, terma jamoaga kirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Fran Garsiya: «Bugun shu yerda bo‘lish uchun bor kuchimni berdim»

«Real»ga qaytishi haqida:

- «Real Madrid»ga qaytish - bu orzuning amalga oshishidir. Men samimiy insonman. Bugun shu yerda bo‘lish uchun butun vujudim va ruhim bilan bor kuchimni berdim. Qilgan ishim o‘z samarasini berganidan faxrlanaman va nihoyat, uyga qaytdim.

«Rayo Valyekano»dagi bosqich haqida:

- Bu uch yil davomida men «Rayo»da harbiy xizmatni o‘tadim. Inson va futbolchi sifatida o‘sdim va buning uchun klubdan minnatdorman. «Rayo»da menga professional darajada birinchi imkoniyat berildi, shu tufayli bugun shu yerdaman.

Yakunlangan mavsum haqida:

- «Madrid» menga qaytish imkoniyatini berdi va mavsumni «Rayo»da yakunlashga ruxsat berdi, buning uchun prezidentdan minnatdorman. Ortda qolgan mavsum juda o‘ziga xos o‘tdi. «Rayo»daligimda, o‘zimning eng yaxshi xislatlarimni ko‘rsatishga harakat qildim.

Karlo Anchelotti haqida:

- Biz qo‘shma o‘yindan keyin faqat bir marta gaplashdik, u menga mavsumda omad tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir oydan keyin biz bu yerda uchrashamiz va uning so‘zlari uchun minnatdorman.

«Asosiy»dagi joy haqida:

- Men bu yerga jamoadoshlarim bilan kurashish uchun kelmadim. Balki o‘sishda davom etish, oldinga qadam tashlash uchun keldim. Men klubga yordam berish va quvonch keltirish uchun qo‘limdan kelganini qilaman. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Mendi aql bovar qilmaydigan futbolchi, u buni so‘nggi mavsumlarda isbotladi. «Real»ga yordam berish va bor kuchimni berish uchun keldim.

Kumirlari haqida:

- Marseloni bilardim va uni juda yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman, chunki u menga qo‘lini uzatgandi. Roberto Karlosdan esa alohida minnatdorman, chunki «Kastilya»dagi birinchi yilimda uning qo‘l ostida o‘qiganman.

Vinisius bilan bir qanotda o‘ynash haqida:

- Barchamiz Vinining kuchini bilamiz. Klubga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishiga yordam berish uchun qo‘limdan kelganini qilishga harakat qilaman.

Qishki transfer oynasi haqida:

- Germaniyadan qiziqish bo‘ldi, ammo «Real sotib olish huquqiga ega edi va men yakundan xursandman.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:02, 30.06.2023.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.