Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

"Arsenal" dunyodagi eng qimmat tarkibga ega bo‘ladi

"Arsenal" dunyodagi eng qimmat tarkibga ega bo‘ladi

Baho:
+ | -

Katta ehtimol bilan "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays "Arsenal"ga o‘tish arafasida. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, kelishuv yakunlanishiga oz muddat qoldi. Mamlakatning asosiy sport nashri The Athletic'ning ta’kidlashicha, tomonlar hatto transfer narxini kelishib olishgan - 100 million funt va yana 5 million funt bonus.

Savdoning oxirgi nuqtasi to‘lovlar vaqti ekanligi ma’lum qilindi. "Vest Xem" keyingi 18 oy davomida 100 million funt sterling olishni istamoqda, "Arsenal" esa to‘lovni to‘rt yilda bermoqchi. Bunday bosqichga yetib kelgan tomonlar transferdan bosh tortganini tasavvur qilish qiyin. Kelishuv yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda. Qolaversa, “Siti” yarim himoyachi uchun kurashni tark etdi.

Futbolchining narxi juda balanddek tuyulishi mumkin. U haqiqatan hayratlanarli. 100 million funt 116 million yevrodan sal ko‘proq, degani. Bugungi kunga kelib "Arsenal"ning eng qimmat xaridi - 80 million yevroga Nikolas Pepe hisoblanadi. Raysning narxida bir nechta jihatlarga e’tibor qaratish lozim.

"Vest Xem" bilan uning yan ikki yilllik shartnomasi bor. Agar bu muddat bir yil bo‘lsa, "Arsenal"ga narxni tushirish osonroq bo‘lardi. Rays allaqachon nom qozongan, ammo hali ancha yosh (24 yosh).

Angliyalik futbolchilar har doim ortiqcha baholangan. Grilish va Keynning narxi buni ko‘rsatib turibdi. Mauntni esa “atigi” 55 million funt + 5 million funt sterlingga muzokara qilishdi, chunki u bir yildan keyin tekinga ketgan bo‘lardi.

Raysni sotib olishi bilan "Arsenal" maydon markazi bilan muammoni hal qiladi. Bu jamoa uchun muhim, chunki ajoyib mavsum o‘tkazgan Granit Jaka "Bayer"ga o‘tish arafasida. Bundan tashqari, jamoani Tomas Partiy ham tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor. Ya’ni, ehtimol, ikkita asosiy himoyachi birdaniga ketishadi. Qishda Jorjinyo sotib olindi, biroq Rays sotib olinsagina markaziy zona qo‘rquvi yo‘qoladi. Boz ustiga, jamoa 6 yil ichida birinchi marta Chempionlar ligasiga ko‘proq kuch sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Va bu yerda yana bir qiziqarli tafsilot yuzaga keladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda eng qimmat uchta jamoa "Chelsi" (928 million yevro), "Arsenal" (976 million yevro) va "Siti" (1,09 milliard yevro) hisoblanadi. Arteta jamoasi "Vest Xem" sardorini qabul qilganda, o‘yinchilarning umumiy narxi bo‘yicha dunyodagi eng qimmat jamoaga aylanadi.

O‘yinchining yoshi qanchalik katta bo‘lsa, shuncha arzonroq. "Arsenal" Premyer-ligadagi top-klublar ichida eng yosh tarkibga ega. Masalan, Ben Uayt Kayl Uokerdan to‘rt barobar qimmatroq, ammo "Siti"ning o‘ng qanot himoyachisi kuchliroq.

Kiritildi: 18:02, 30.06.2023.
O'qildi: 5634 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.