Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Erkin agentga aylanadigan eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa. Ertaga istalgan klub ularni tekinga olib kelishi mumkin bo‘ladi

Erkin agentga aylanadigan eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa. Ertaga istalgan klub ularni tekinga olib kelishi mumkin bo‘ladi

Baho:
+ | -

Yevropa bo‘ylab bir qancha futbolchilar o‘z shartnomalari yakuniga yetayotgani sababli ertaga erkin agentga aylanishadi. Masalan, Vilfrid Zaa, David De Xea va Serxio Ramoslarni siz tekinga o‘z klubingizga olib kelishingiz mumkin. Xususan, 30 yoshli Zaaga ko‘plab jamoalardan qiziqishlar mavjud. Hujumchi "Kristal Pelas"ning haftasiga 200 ming funtlik shartnomasini rad etgandi. Vinger YECHLda harakat qilishni orzu qiladi. Shu sababli "Lasio" yoki "PSJ"ga o‘tish ehtimoli mavjud. Albatta, unda variantlar anchagina. Ana shunday, oldida har xil yo‘llar bo‘lgan yulduzlardan yana biri Serxio Ramosdir.

"PSJ" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortganidan so‘ng, Ramos yana Ispaniyaga qaytishi kutilmoqda. U hammasini qayerdan boshlagan bo‘lsa, o‘sha yerga – "Sevilya"ga o‘tishi mumkin. Faxriy futbolchi Yevropada qolish niyatida. Shu sababdan arablar yoki amerika klublaridan keladigan takliflarni ko‘rib chiqmasligini bildirgan. Uning sobiq "Real"dagi jamoadoshi Anxel Di Mariya ham o‘xshash vaziyatga ega.
Bir mavsumlik "Yuventus"dagi faoliyatidan keyin, hujumchi Italiyani tark etadigan bo‘ldi. U ham YECHL futbolini xohlaydi. Shu sababdan o‘zining eski jamoasi bo‘lmish "Benfika"ga qaytishi mumkin. Portugaliyaning boshqa bir jamoasi, "Sporting"da ijara asosida harakat qilgan Ektor Belyerin o‘zi tarbiya topgan  "Real Betis"ga qaytadigan bo‘ldi.

David De Xeaga "MYU" tomonidan yangi bitim taklif etilgandi. Ammo oxirgi damda "qizil iblislar" fikridan qaytib qolgan. Shu sababli 32 yoshli darvozabon o‘ziga yangi jamoa qidiraverishi kerak.
"Liverpul"ning sobiq juftligi Roberto Firmino va Aleks Oksleyd-CHeymbrlenlar "Enfild"dan ketgandi. Ularga ko‘plab takliflar bor. Masalan, Firmino Saudiya Arabistoniga yo‘l olishga yaqin turgani aytilmoqda. Yarim himoyachiga esa "Aston Villa", "Brayton" va "Nyukasl" qiziqish bildirgan.

Sobiq "MYU" himoyachisi Deyli Blind o‘tgan mavsumni "Bavariya" bilan yakunladi. Uning shartnomasi tugagani sababli, niderlandiyalik futbolchi erkin agentga aylandi va o‘zi uchun yaxshi taklif kutmoqda. Yana bir yulduz futbolchi Stefan De Vreyning ham taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. U "Inter" taklif qilgan yangi bitimni hali ham qabul qilmagan. Shu sabab tez fursatlarda erkin agent maqomiga ega bo‘ladi. "Kyoln" yarim himoyachisi Elye Skiri yana bir tekin futbolchilardan biridir. Unga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Tez orada Sandro Tonali o‘rni Skiri bilan to‘ldirilishi mumkin. "Ayntraxt" klubi yulduzi Dayichi Kamada ham 1 iyuldan erkin agentga aylanadi. Shunday ekan, Yaponiya terma jamoasi a’zosiga ham yangi klub kerak.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:34, 30.06.2023.
O'qildi: 6415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.