"Nyukasl Yunayted" "Milan" yarim himoyachisi Sandro Tonali bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
23 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
"Manpiylar" transfer summasiga aniqlik kiritishmadi, biroq avvalroq "rossonerilar" 70 million yevro va bonuslar olishi ma’lum bo‘lgandi.