Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Grinvuddan ayblovlar olib tashlandi, lekin nega u futbolga qaytmayapti?

Grinvuddan ayblovlar olib tashlandi, lekin nega u futbolga qaytmayapti?

Baho:
+ | -

Bir yil avval Meyson Grinvud Premyer-liga yulduzi hisoblanardi. U to‘satdan katta futbolga kirib ketdi va hatto "Manchester Yunayted"ning bir qancha rekordlarini o‘rnatdi. Jumladan, Chempionlar ligasida o‘ynagan eng yosh jamoa o‘yinchisi (17 yoshu 156 kun), shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan "Manchester Yunayted" uchun Angliya chempionatida gol urish bo‘yicha rekordchi (20 gol).

Grinvud ikki oyog‘i bilan mukammal zarbaga ega ekanligi bilan ajralib turdi. Jamoadoshlari uning kattalar jamoasidagi birinchi mashg‘ulotida uning o‘ng yoki chap qo‘l ekanligini hech kim tushuna olmaganini tan oldi. Lyuk Shou hatto: “U kelajakda “Manchester Yunayted” uchun muhim futbolchi bo‘la olmasligi uchun hech qanday sabab yo‘q. Men Meysonning "Yunayted" afsonasiga aylanishiga shubha qilmayman”, degan edi.

Biroq klub tarbiyalanuvchisida o‘yin bilan birga tartib-intizom borasida ham muammolar yuzaga keldi. Gap uning darvozaga tez-tez zarba berishida ham emas. Grinvud mashg‘ulotlarga kech qolgani haqida xabar berilgandi, ammo Sulsher buni rad etdi. The Athleticning ta’kidlashicha, klub xodimlari har doim ham futbolchining qayerdaligini bilishmagan. Boshqa ko‘plar voqealar ham bor edi.

2022 yil yanvar oyida yanada kuchli janjal yuz berdi. Futbolchining qiz do‘sti Xarriyet Robson o‘zining ko‘kargan va yorilib ketgan lablari suratlarini tarmoqda e’lon qildi va shunday dedi: "Meyson Grinvud menga nima qilayotganini bilmoqchi bo‘lgan har bir kishi uchun". Bundan tashqari, u qo‘pol ravishda jinsiy aloqa qilishga majburlagan erkak ovozi audiosini joylashtirdi. O‘sha kuni "Manchester Yunayted" futbolchini futboldan chetlatganini e’lon qildi va u polisiya tomonidan hibsga olingan, biroq bir necha kundan keyin u garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi.

Tekshiruv bir yil davom etdi. Bu vaqt ichida futbolchi bir necha bor garov shartlarini buzdi. Jurnalistlar uni Robson bilan suratga olishdi. Biroq 2023 yilning fevralida futbolchidan barcha ayblovlar olib tashlandi.

Ish bo‘yicha bosh tergovchi Mikayela Kerr shunday dedi: "Bu holatda, asosiy guvohlarning yo‘qligi va yangi materiallarning paydo bo‘lishining kombinasiyasi endi sudlanganlik uchun real istiqbol yo‘qligini anglatardi. Bunday sharoitda biz ishni to‘xtatishga majburmiz. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning qiziqishiga qaramay, biz boshqa izoh bermaslikka qaror qildik”.

Ayblovlar olib tashlanganidan so‘ng, klub Grinvudning yana jamoada o‘ynashi yoki ketishi kerakligi borasida ikkiga bo‘lingan. "Manchester Yunayted" futbolchilari hujumchining qaytishiga qarshi chiqishdi. O‘z navbatida, bosh murabbiy Erik ten Xag uzoq vaqt (ayblovlar olib tashlanganidan keyin ham) izoh berishdan bosh tortdi. Va yaqinda juda noaniq tushuntirish berdi: "U qaytib keladimi - bu mening qarorim emas".

Ayni paytda futbolchi klub bilan shartnomasini davom ettirmoqda. Bu vaqt davomida Grinvud maosh oldi va shartnoma yana ikki yilga mo‘ljallangan. Endi futbolchini sotish mumkin bo‘lgan birinchi transfer oynasi keldi, ammo "Manchester Yunayted" shoshilmayapti. Klub o‘z tekshiruvini o‘tkazayotganini e’lon qildi, biroq oradan bir yarim yil o‘tib, hech qanday natija oshkor qilinmadi.

May oyida Grinvudning mashg‘ulotlaridan olingan suratlar hibsga olinganidan beri birinchi marta paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, hujumchi "Manchester Yunayted" formasida emas, balki jamoadan alohida shug‘ullangan. Xabar qilinishicha, Grinvud do‘stlariga "Yunayted"da boshqa o‘ynamasligini aytgan. Futbolchiga Ispaniya, Italiya va Turkiya jamoalaridan ham qiziqish bildirilgandi. Ular, shuningdek, Mourinyoning Grinvudni olish istagi haqida yozishgan. "Bu boradagi qaror hali qabul qilinmagan", - deydi Fabrisio Romano. Manchester Evening News gazetasining ta’kidlashicha, ten Xag Grinvudni sotmoqchi emas va klub hujumchini ijaraga berishga intilmoqda.

Kiritildi: 17:04, 03.07.2023.
O'qildi: 4329 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.