Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Jerrardni yangi sinovlar kutmoqda

Jerrardni yangi sinovlar kutmoqda

Baho:
+ | -

“Liverpul”ning afsonaviy futbolchisi Stiven Jerrard bugun Saudiyaning “Al-Ittifoq” jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga kirishadi. Shartnoma ikki yilga imzolandi.

Stivi Ji o‘z faoliyatini 2017 yilda "Los-Andjeles Gelaksi"da yakunlagan va Mersisaydga qaytgan. U "Liverpul" U-18 jamoasini boshqargan, keyin esa "Reynjers"ga chaqirilgan. Jerrard qo‘l ostida jamoa ketma-ket ikki mavsum ikkinchi bo‘ldi, bu ular uchun yaxshi natija bo‘ldi, keyin esa o‘n yil ichida birinchi marta chempionlikni "Seltik"dan tortib oldi va bu chiroyli tarzda amalga oshirildi: olti tur oldin yigirma ochko ustunlik bilan.

Angliyalik sobiq futbolchinini keyin "Aston Villa"ga chaqirishdi, u yerda hech narsa ish bermadi. Ikkinchi mavsumda jamoa quyi ligaga tushib ketish zonasida qoldi va uni qutqarish uchun Unai Emeri chaqirildi. Bunday yuk bilan ingliz Saudiya Arabistoniga boradi.

“Al-Ittifok” o‘tgan mavsumni Saudiyaning elit divizionida o‘tkazdi va o‘zi uchun o‘rtacha – yettinchi o‘rinni egalladi. Klub tarixda ikki marta chempion bo‘lgan va oxirgi marta 1986/1987 yilgi mavsumda bu martabaga erishgandi. “An-Nasr”, “Al-Hilol”, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli”dan farqli ravishda “Al-Ittifoq” davlat klubi hisoblanmaydi. Shu boisdan u yozda Saudiya klublari tomonidan faol amalga oshirilayotgan yuqori darajadagi kelishuvlarda yaqqol darajada ko‘rinmayapti.

Biroq "Liverpul" afsonasining yangi klubida ham e’tiborga molik futbolchilar mavjud. “Al-Ittifoq”ning eng qimmat futbolchisi tunislik Naim Sliti hisoblanadi. (“Dijon”, “Lill”, “Srvena Zvezda”). Shuningdek, shved Robin Kvayson ("Mayns" uchun 130ta, "Palermo" uchun 70ta o‘yin), SSKAdagi eski do‘sti Turk Berat O‘zdemir ("Trabzonspor" va "Genchlerberliga") - braziliyalik Vitinya, fransiyalik Marsel Tisseran ("Volfsburg") va nemis Amin Yunusni  ("Ayaks", "Ayntraxt", "Borussiya M" va "Napoli") muxlislar yaxshi taniydi.

Jerrardga qanday vazifalar yuklanishi noma’lum, ammo u kuchli to‘rtlikka da’vogarlik qila olishi mumkin.

Kiritildi: 09:48, 04.07.2023.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.