Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

"Chelsi" Meyson Maunt o‘rniga sotib olishi mumkin bo‘lgan besh futbolchi: Pochettino ularning qay birini tanlarkin?

"Chelsi" Meyson Maunt o‘rniga sotib olishi mumkin bo‘lgan besh futbolchi: Pochettino ularning qay birini tanlarkin?

Baho:
+ | -

"Chelsi" transferlar oynasi ochilishi bilan futbolchi sotishga tushib ketdi. Hozircha, ketganlarning eng qimmatlaridan biri Meyson Maunt bo‘lib turibdi. U 55 million funt evaziga "MYU" safiga yo‘l oldi. Akademiyadan chiqqan futbolchi 2019 yildan beri "Chelsi"ning asosiy figurasi bo‘lib kelayotgandi. Uning ketishini katta yo‘qotish deguvchilar ham topiladi. Xo‘sh, Pochettino uning o‘rnini qanday to‘ldirsa bo‘ladi?

Gabri Veyga


Yoshi: 21
Klubi: "Selta"

Katta-katta klublar Veygani sotib olishga qiziqmoqda. Ular ichida "PSJ" va "Manchester Siti" ham bor. Ularning yoniga hozir "Chelsi" ham qo‘shilgan. 21 yosh yarim himoyachi 35 million funtdan kamiga sotilmaydi. Veyga o‘tgan mavsumda La-ligada porlab, 11 ta gol bilan o‘z jamoasini oldinga yetakladi. Uning maydondagi vazifasi jamoadoshlarini hujumga boshlashdan iborat. Muxlislar yoqimtoyi bo‘lgan yarim himoyachidan Pochettino qanday foydalanishni biladi.

Sergey Milinkovich-Savich
Yoshi: 28
Klubi: "Lasio"

Serbiya terma jamoasi a’zosi bir necha yildan beri rimliklar safini tark etishga yaqin turgandek edi. Milinkovich-Savichga hozirda APL klublari, jumladan "Chelsi" qiziqish bilan qaramoqda. Italiyaning o‘zida esa "Yuventus" da’vogarlar qatorida turibdi. Yarim himoyachi maydondagi vazifasi e’tibori bilan Mauntga solishtirsa bo‘ladigan nomzod. Ammo jamoaga foydasi va ta’siri borasida Sergey kuchliroq. Uni "Lasio" osonlikcha qo‘yib yubormaydi.

Rayan Gravenberx
Yoshi: 21
Klubi: "Bavariya"

Niderlandiya terma jamoasi a’zosi so‘nggi 12 oy ichida ancha qiyin davrlarni boshdan o‘tkazdi. "Bavariya" Gravenberxga mavsum davomida yetarlicha imkoniyat bermadi. U terma jamoasi bilan Yevropa chempionatini erta tark etishga majbur bo‘lgan edi. 21 yoshli talant ko‘pchilik tomonidan Pol Pogbaga qiyoslanadi. Ha, Gravenberx Pogba kabi so‘nib boryapti. Asosiy tarkibda joy tegmagani uchun, uning manzili tez orada o‘zgarishi mumkin. "Chelsi" esa yarim himoyachi uchun hamlaga tayyor turibdi.

Nikolo Barella
Yoshi: 26
Klubi: "Inter"

Barella o‘spirin sifatida "Kalyari"dan olib kelinadi. U milanliklar bilan Yevropadagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri bo‘ldi. Barella Yevropa va Italiya chempionligini aynan bir yilda (2021) qo‘lga kiritgandi. Yarim himoyachi "Inter"ning YECHL finalchisiga aylanishida katta rol o‘ynadi. Albatta, "nerazzurilar" uni yo‘qotishni istamaydi. Da’vogarlardan esa katta pul talab qilishi turgan gap. "Chelsi" bu borada vaziyatni jiddiy kuzatib turishi lozim.

Davide Frattezi


Yoshi: 23
Klubi: "Sassuolo"

Agarda Barellaga yetishni iloji bo‘lmasa, u holda "Chelsi"da uning terma jamoadagi do‘sti bo‘lmish Frattezini sotib olish varianti ham bo‘ladi. U ikki mavsumdan beri A seriyaning eng barqaror futbolchilaridan biri bo‘lib kelmoqda. Yarim himoyachi maydonning har ikki chetida foydali sanaladi. Nomi mashhur bo‘lmaganiga qaramay, 23 yoshli futbolchi vazifaviy jihatdan hamma ishini a’lo bajarishi bilan ajralib turadi. "Chelsi"da uni cho‘ntakbop narxda sotib olish imkoniyati mavjud.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 14:05, 05.07.2023.
O'qildi: 3359 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.