Londonning “Tottenxem” klubi Doneskning “Shaxtyor” klubining hujumkor futbolchisi Manor Solomonni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni keyingi haftaga qoldirdi. Ilgari tibbiy muolajalar joriy haftaga rejalashtirilgan edi.
Shunga qaramay, Fabrisio Romanoning fikricha, bu ukrain klubi va "shporlar" o‘rtasidagi bo‘lajak kelishuv uchun hech qanday muammo tug‘dirmaydi - futbolchi aniq "Tottenxem"ga o‘tadi.
"Bu rejalashtirilganidan bir hafta keyin sodir bo‘ladi", deb tushuntirdi Romano.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni Solamon Londonning boshqa klubida o‘tkazgan - "Fulxem"da u 24 o‘yinda 5 ta gol urgan.