Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Vunderkindlar: Mbappe rekordi cho‘t emas...

Vunderkindlar: Mbappe rekordi cho‘t emas...

Baho:
+ | -

May oyi. Liga 1 o‘yini. «Lion» - «Monpelye». O‘ta dramatik tus olgan uchrashuvning qisqacha tafsiloti: 9ta gol, mezbonlar qayd etgan fantastik «kambek» va 2ta «poker».

1ta o‘yinda ikki futbolchining yuksak natija ko‘rsatishi - bunaqasi Fransiya chempionatida oxirgi marta uzoq 1974 yilida kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda «Reyms» vakili Karlos Byanki 5ta, Delio Onnis esa «Monako» uchun 4ta gol urgandi. Qolaversa, shu kuni Liga 1-2022|2023 hisobidan dastlabki «poker»lar rasmiylashtirildi. Ulardan birinchisi muallifi - «Monpelye» hujumchisi Elye Vai. Asosiy fakt shuki, 20 yoshli futbolchi 4ta gol uchun atigi 15 daqiqa sarfladi!

Yakunda «Monpelye» turnir jadvali o‘rtalaridan joy oldi - 12-o‘rin. Elye Vai esa Liga 1 finishiga qadar jami gollari sonini 19taga yetkazib, turnirning eng yaxshi 8 nafar to‘purari qatoriga kirdi. Yosh yigitcha poyga g‘olibi - dahshatnamo Kilian Mbappedan atigi 10ta gol ortda qoldi. Aytish joiz, Elye Fransiya chempionati elit ligasida to‘satdan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Aksincha, yosh hujumchi har mavsum asta-sekin yuqoriga intilmoqda. Deylik, Vai Liga 1dagi debyutini 17 yoshida «Mes»ga qarshi bahsda nishonlagan va hisob bo‘yicha 2-o‘yinidayoq «Monako» darvozasini ish­g‘ol qilib, «Monpelye» tarixida gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylangan edi. Elye birinchi mavsumni 3ta gol bilan yakunladi, muhimi, istiqboli baland futbolchi ekanligini ko‘rsata oldi. Yana bir yildan keyin yosh yigitcha raqiblar darvozasiga 10 marta yo‘l topish barobarida 2ta golga assistentlik qildi. Mana, u yakuniga yetgan mavsum tizimli o‘sishni davom ettirdi - Fransiya chempionatining 33ta o‘yinida 19ta gol va 6ta samarali uzatma.

Vaining asosiy sifati - bu vaziyatlarni effektli yakunlash. U 3 mavsum davomida XG modeli (kutilgan gol koeeffisiyenti) ko‘rsatkichidan 4ta golga o‘zib ketdi. Oddiy aytganda, o‘rtacha hisobda har to‘rtinchi zarbasi gol bilan yakunlanmoqda. Qolaversa, Vaida darvoza tomon berilgan zarbalar aniqligi 50 foizdan yuqori. Mavsum kashfiyotining yana bir muhim fazilati - tezlik. Vai bu masalada Kilian Mbappe darajasida deyarli. Oxirgi mavsum bo‘yicha keltirsak, Vai 35,28 kilometr|soat tezligini qayd etgan bo‘lsa, Kilianda ushbu ko‘rsatkich 36 kilometr|soatni tashkil etdi. Elye shuningdek, bo‘sh hududni qanday topish, sheriklariga vaqtida yo‘l ochishni ham yaxshi biladi. Golni esa har qanday vaziyatdan yuzaga keltirishi mumkin. Mana, Elye Vai o‘sha Kilian Mbappedan keyin 20 yoshigacha Liga 1da 20ta gol marrasiga yetgan birinchi futbolchi bo‘ldi. «Yo‘q, rekordlarni birin-ketin yangilash haqida bosh qotirmoqchi emasman. Agar yuqori natijalarni yangilasam, nur ustiga a’lo nur, lekin o‘xshamay qolsa, zarari yo‘q, astoydil ishlashda davom etaman. Hozir odamlar men haqimda ko‘p gapirishadi - bu ijobiy holat. Lekin takrorlayman, qandaydir rekordlar ortidan quvmayman, qaysidir natijani yangilaganimdan so‘ng to‘xtab ham qolmayman», - deydi 20 yoshli futbolchi.

To‘g‘ri, Vai o‘yinida hali kamchiliklar ham yetarli, albatta. «Monpelye» o‘yin chizmasi bo‘yicha qisqa uzatmalarni afzal ko‘radi, Elye esa kurashlarda deyarli qatnashmaydi va har bir uchrashuvda o‘rtacha hisobda atigi 16 marta to‘p uzatadi, ularning aniqligi ham nisbatan past - 68 foiz. Yakkama-yakka kurash san’ati - yigitchaning yana bir og‘riqli nuqtasi. Deylik, o‘rtacha hisobda 5ta yakkakurashdan atigi 1tasida ustun kelmoqda, vaholanki, bo‘yi 178 santimetrga teng. Yosh futbolchi shuningdek, haddan ortiq emosional va hali ehtiroslarini qanday jilovlashni o‘rganishi shart. Oxirgi mavsum 8ta sariq va 1ta qizil kartochka olgani barchasini ko‘rsatib turibdi. 

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Elye uchun faqat top-klublar da’vogarlik qilsa kerak. Hozirda «Arsenal», «Yuventus» va «Milan» kabi klublarning qiziqayotgani ma’lum. Footmercato nashrida London klubining Vaiga e’tibor qaratayotgani haqida yanvar oyidayoq yozilgandi, to‘g‘ri, ayni payt bu borada qandaydir aniqlik yo‘q. L`Equipe xabariga qarasak, yangi iqtidorga italiyaliklar ko‘proq qiziqishmoqda va futbolchining atrofidagilar bilan ham ilk aloqalarni o‘rnatishgan. Tutto-mercato xabarida qo‘shimcha qilinishicha, Rafael Leau transferi amalga oshganida, «Milan» Elye xaridi bo‘yicha harakatni sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin edi. Biroq portugaliyalik «San Siro»da qoldi va endi Liga 1 javohiriga «Yuventus» bosh da’vogar maqomiga ko‘tarildi. Ta’kidlanishicha, Turinda uning nomzodini Dushan Vlaxovich o‘rniga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqishmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot: transfermarkt portali fransiyalik futbolchi huquqini 25 million yevroga baholamoqda.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:01, 08.07.2023.
O'qildi: 2760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.