Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Leypsig" qanot himoyachisi "Galatasaroy"ga o‘tishi mumkin

"Leypsig" qanot himoyachisi "Galatasaroy"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

“Leypsig”ning ispaniyalik qanot himoyachisi Anxelinyo yaqin orada Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga o‘tishi mumkin, deb yozadi jurnalist Fabrisio Romano o‘z tvitterida.

Manbaning xabariga ko‘ra, turk klubi 28 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Anxelinyo faqat "Galatasaroy"ga o‘tishni xohlaydi, u boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqmayapti. Kelishuvni yakunlash uchun "buqalar" va turk jamoasi o‘rtasida transfer narxi bo‘yicha kelishuv zarur.

Anxelinyo o‘tgan mavsumni "Xoffenxaym"da ijara asosida o‘tkazdi. Futbolchi Germaniya Bundesligasida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 00:50, 09.07.2023.
O'qildi: 1727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.