Bir necha kun oldin “PSJ” muhim transferni amalga oshirdi. Manuyel Ugarte uchun 60 million yevro to‘landi. Ommaga unchalik tanish bo‘lmagan futbolchi uchun katta summa shunday emasmi?Parijliklar futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istagan “Chelsi”ga qarshi bahsda g‘alaba qozonishdi. Ugarte qanday qilib top-klublar e’tiborini tortdi?
Urugvay poytaxtida tug‘ilgan Ugarte bolaligida mahalliy “Citi Park” jamoasiga qo‘shilgan. Biroz vaqt o‘tgach, Manuel "Feniks" klubiga o‘tdi. Futbolchi akademiyadan juda tez o‘tdi va 15 yoshu 233 kunlik bo‘lganida asosiy jamoa uchun birinchi o‘yinni o‘tkazdi. Ugarte 21 asrda Urugvay chempionatining eng yosh debyutantiga aylandi.
O‘sha vaqtda Manuyel yarimhimoyachi pozisiyasida o‘ynamagan. Dastlab murabbiylar futbolchini markaziy hujumchi sifatida ko‘rishgan va faqat keyinroq uni o‘z maqsadlariga yaqinlashtirishgan. Ugarte faoliyatidagi muhim voqea 18 yoshida sodir bo‘ldi. Murabbiy Xuan Ramon Karrasko futbolchiga sardorlik bog‘ichini topshirdi. Futbolchi tez sur’atlar bilan rivojlanib, Yevropa klublarining e’tiborini tortdi.
Portugaliyaning "Famalikan" jamoasi hammadan tez harakat qildi va iqtidor uchun 4,1 million yevro to‘ladi. Ugartega yangi jamoa bazasidan joy olish uchun bor-yo‘g‘i bir oy kerak bo‘ldi. Urugvaylik “Famalikan”ning muhim qismiga aylandi, u deyarli yevrokuboklar zonasigacha keldi. 2021 yilning yozida Ugarte o‘sishda davom etdi. "Sporting" uning transferi uchun 12,5 million yevro to‘ladi. “Famalikan” esa futbolchining narxini atigi olti oy ichida uch baravar oshirdi.
Portugaliya chempionatiga kelganidan beri (2021 yil yanvar) Ugarte atigi ikkita gol urdi. Hujumdagi ishonchsiz o‘yin “PSJ”ning yosh futbolchini qo‘lga kiritish istagini umuman susaytirmadi. 60 million yevro - bu katta narx, ammo futbolchi o‘z ishini biladi. “Kichik hujumkor o‘yin katta muammo bo‘ladi deb o‘ylamayman. Ugartening asosiy vazifasi himoyani ushlab turishdir va bu qismda u juda yaxshi ”, deydi urugvaylik jurnalist Anxel Astejante.
Data Scout platformasi futbolchilarning o‘yinini baholashga asoslanadi. Ugarte maydonning oxirgi uchdan bir qismidagi raqibga mutlaqo zararsiz, ammo mudofaadagi yakkakurashlarida nihoyatda samarali. Qolaversa, urugvaylik Marko Verrattidan farqli o‘laroq, har fursatda to‘pga intilm aydi. Italiyaning Le Parisien nashri bu xususiyatni zerikarli deb atadi. Manuel to‘p uzatishda ham yaxshi bu ko‘rsatkichga ko‘ra u Yevropaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi.
“Sporting”da Ugartening oldiga nisbatan oddiy vazifa turardi: to‘pni olib qo‘yish va tezda jamoadoshlariga yetkazib berish. Agar kerak bo‘lsa, Manuyel buni tez-tez bajarmasa ham, uzoq masofalarga uzatishni amalga oshirishga qodir. Kilian Mbappening ajoyib tezligini hisobga olsak, juda muhim jihat. Albatta, agar fransuz Parijda qolsa. Ugartening yana bir plyusi yakka kurashlardagi yaxshi o‘yini.
Kamchiliklaridan juda ko‘p sariq kartochkalarni ajratib ko‘rsatish kerak. Yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda 16 ta ogohlantirish oldi! Ba’zida Janubiy Ameriklikka sovuqqonlik yetishmaydi va uning tajovuzkorligi muammolarga olib keladi.
Ugarte Urugvay terma jamoasi safida sakkizta o‘yin o‘tkazdi. Ulardan oltitasi o‘rtoqlik edi. U Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga yo‘l oldi va butun guruh bosqichini zaxirada o‘tkazdi. Urugvay esa pley-offga chiqa olmadi. 2023 yil iyul oyida Ugarte o‘rtoqlik o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritilmagan, ammo bunda ajablanarli narsa yo‘q. Milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Marselo Byelsa faqat o‘zi bilmagan futbolchilarni mashg‘ulotlarda ko‘rishga taklif qildi.