Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Fakundo Pelistri: «Maqsadimiz – biz o‘ynagan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish edi»

Fakundo Pelistri: «Maqsadimiz – biz o‘ynagan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish edi»

Baho:
+ | -

Fakundo Pelistri 2022/2023 yilgi mavsumda o‘z klubida 280 daqiqa o‘ynagan bo‘lishi mumkin...

Ammo 21 yoshli urugvaylik futbolchiga shu daqiqalar ham butun faoliyati davomida asqotadigan tajribasini oshirishga xizmat qildi. Mankunianliklarning o‘ng qanot himoyachisi Qatar mundialida o‘z mamlakati uchun o‘ynaganidan so‘ng, yanvar oyida «Yunayted» safida ham rasmiy o‘yinda debyut qildi. Aslida u Angliyaga ko‘chib o‘tishi bilanoq, kimsan «Liverpul» bilan o‘rtoqlik o‘yinida birinchi golini urib, muxlisu-mutaxassislar e’tiborini tortgandi. Lekin butun mavsum davomida asosan kubok o‘yinlarida maydonga tushdi. «Qizil iblislar»­ning 28-raqami klub rasmiy saytiga bergan intervyusida ortda qolgan mavsum haqida batafsil gapirib o‘tdi.

- Fakundo, Angliyadagi ilk mavsumingizni qanday baholaysiz?

- Mavsum yaxshi o‘tdi. Yaxshiyamki, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Bu bizning mavsum oldidagi asosiy maqsadimiz edi. Bundan tashqari, Angliya Liga Kubogini yutdik. Albatta, bunday o‘yinlar bilan mavsum uzoq davom etdi va men bu yerda katta tajribaga ega bo‘ldim. Men ushbu klubda ekanligimdan va to‘liq birinchi mavsumimni «MYU» futbolchisi sifatida o‘tkazganimdan xursandman.

- Boshiga qaytsak, siz mavsumoldi sayohatida - «Liverpul» bilan o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinda gol urdingiz. O‘zingizga bo‘lgan ishonchning ortishi jamoa va Erik ten Xagning birinchi mavsumoldi mavsumida uning yonida bo‘lganingiz uchunmi?

- Ha, albatta, o‘sha o‘yin mavsumoldi, butun turning eng yaxshisi bo‘ldi va unda gol urish aql bovar qilmas tuyg‘udir. Chunki «Liverpul», albatta, yaxshi jamoa, shuningdek, o‘sha o‘yinda qanday g‘alaba qozonganimiz — 4:0. Ha, bu o‘yin va gol menga ishonch bag‘ishladi.

- Afsuski, mavsum boshida jarohat oldingiz va qisqa vaqt o‘yindan chetda qoldingiz. Bu sizni qanchalik xafa qildiyu, qanchalik motivasiya berdi?

- Ha, «Atletiko»ga qarshi o‘yinda to‘pig‘imdan jarohat oldim va bu deyarli mavsum boshida edi. Albatta, qiyin, lekin bundan qochib qutulib bo‘lmaydi. Biz futbol o‘ynaymiz, shuning uchun har doim jarohatlar ham bor. Fizioterapevt va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda tiklanishimga jiddiy e’tibor qaratdik va tezda formaga kirib oldim.

- Siz Urugvay bilan jahoning eng katta sahnasiga chiqdingiz: yosh o‘yinchi sifatida bu tajriba siz uchun qanchalik qimmatli edi?

- Ha, bunga aql bovar qilmaydi. Mening yoshimda jahon chempionatida o‘ynash darhaqiqat aql bovar qilmaydigan narsa. Tasavvur qiling-a, siz jahon chempionatida o‘z mamlakatingiz nomidan o‘ynayapsiz. Mundial mavsum o‘rtasida o‘tkazildi va men endi jarohatdan tuzalayotgandim. Yaxshiyamki, jahon chempionatiga borishga muvaffaq bo‘ldim va bu menga ko‘proq tajriba orttirishga yordam berdi.

- Qatardan qaytgach, shubhasiz, siz o‘yin vaqtini olishni va «Yunayted» uchun qanchalik kerakli ekanligingizni isbotlashni xohladingiz...

- Ha, albatta. «Yunayted» kabi klubga qaytish har doim yoqimli. Bu o‘yinlarga to‘la uzoq mavsum edi. Men esa ularning ba’zilarida ishtirok etdim. Ha, agar men ushbu mavsumga nazar tashlasam, bu men boshqa tajribaga ega bo‘lgan va turli xil sharoitlarda bo‘lgan mavsum ekanligini tushunaman.

- Adashmasam «Charlton»ga qarshi kubok bahsida deb­yut qildingiz. Bu siz uchun qanchalik mag‘rur lahza bo‘ldi?

- Ha, bu aql bovar qilmas onlar edi. Debyut qilish ajoyib. Lekin ba’zida, siz faqatgina 8 yoki 10 daqiqa o‘ynashingiz mumkin, ba’zan esa hatto to‘pga teginishga ham ulgurmasligingiz mumkin, lekin men to‘pga tegdim va Markus (Rashford)ga golli uzatma taqdim etishga ulgurdim. Shunday qilib, bu mukammal kecha edi. Va men buni doimo eslab qolaman. Men va oilam o‘sha kechani aslo unutmaymiz.

- Yakunda klubning g‘alabasi bilan tugagan Liga Kubogida - «Nottingem Fo­rest»ga qarshi yarim finalda ham o‘ynagansiz. Birinchi mavsumda ushbu muvaffaqiyatda kichik rol o‘ynaganingizdan qanchalik faxrlanasiz?

- Ajablanarlisi shundaki, bu biz yutgan musobaqa edi va mening medalim uyda turibdi. Shunday ekan, bu lahzalardan faxrlanaman. Va biz keyingi sovrinlarni sabrsizlik kutmoqdamiz.

- Yevropa Ligasida «Betis»ga qarshi birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdingiz. 

- Ha, albatta. Boshlang‘ich tarkibda o‘ynash har doim zaxiradan farq qiladi, chunki siz o‘yinni boshlaganingizda, boshqa barcha o‘yinchilar bilan bir xil ritmda bo‘lasiz. Zaxiradan chiqqaningizda esa biroz boshqacha bo‘ladi, chunki siz o‘yin qanday o‘tishiga moslashishingiz kerak. Ha, bu aql bovar qilmaydigan tajriba edi. «Betis» - ajoyib jamoa, ular juda yaxshi stadionga ega, lekin biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkinligini bilardim. Umuman olganda, asosiy maqsadimiz - biz o‘ynagan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish edi.

- Premyer-ligada ham bir necha daqiqa vaqt olishga muvaffaq bo‘ldingiz. Bu siz uchun katta chaqiriq edimi?

- Ha. Premyer-liga, shubhasiz, dunyodagi eng zo‘r ligalardan biridir. Albatta, bu yerda Karringtonda mashq qilish uslubimiz Premyer-ligadagi kabi deyarli bir xil. Tarkibimizda top-o‘yinchilar bor va mashg‘ulot sifati ham juda kuchli. To‘g‘ri, siz aytganingizdek, o‘yinda o‘ynash, albatta, ba’zida mashq qilishdan farq qiladi, ammo ritm va hamma narsa o‘z joyida.

- Bu mavsumda Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynab nimani o‘rgandingiz?

- Erik ajoyib menejer. U bizga ko‘p narsalarni, turli xil o‘yin usullarini o‘rgatdi. Biz har bir o‘yinga har xil tayyorgarlik ko‘ramiz. Albatta, bizda bir xil uslub bor, lekin raqibga qarab biror narsani o‘zgartirish kerak. 

- Kiyinish xonasida ham ko‘plab faxriy o‘yinchilar bor. Ulardan o‘rganyapsizmi? Maslahat so‘rayapsizmi va ular sizga maslahat beradimi? Odatda kim bilan ko‘p vaqt o‘tkazasiz?

- Bizda juda yaxshi guruh bor. Ularning barchasi turli yo‘llar bilan yordam berishadi. Va, albatta, men til tufayli ispan tilida gaplashadigan bolalar bilan birgaman. Ha, ular menga katta yordam berishadi: Bruno (Fernandesh), Kazemiro, De Xea (David) va Licha (Lisandro Martines). Garna (Alexandro Garnacho) bilan birga barcha tajribali futbolchilardan ko‘p narsalarni o‘rganamiz. Sizga aytganimdek, guruhimiz juda yaxshi. Va menimcha, bu mavsumdagi barcha yutuqlarimizning sababi ham shu.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:01, 10.07.2023.
O'qildi: 1448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.