O‘tmishda "Milan"da o‘ynagan Kristian Vyeri klub tarbiyalanuvchisi Sandro Tonalining "Nyukasl"ga transfer qilinganidan xafa.
- Tonali ketdi, juda afsusdaman, chunki men uni "Milan"da yaxshi ko‘rganman, uning o‘ynashi menga yoqardi. Ammo, boshqa tomondan, hayotning go‘zalligi shundaki, har kim o‘zi xohlagan narsani qila oladi", - dedi Vyeri pianetamilan.it portaliga.
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi 20 avgust kuni boshlanadi.