Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"PSJ" Mbappega yana murojaat qiladi

"PSJ" Mbappega yana murojaat qiladi

Baho:
+ | -

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "PSJ" yaqin kunlarda hujumchi Kilian Mbappega murojaat qiladi va ulardan hafta oxirigacha o‘z tanlovini amalga oshirishni talab qiladi.

Avvalroq, prezident Nosir Al-Xelayfiy 24 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 2 ta variantni taqdim etgandi - bu yozda pul evaziga transfer yoki 2023/24 yilgi mavsumdan keyin shartnoma muddatini uzaytirish. Hujumchining o‘zi hamon amaldagi kelishuvni yakunlab, erkin agentga aylanishga qaror qilgan.

Shuni inobatga olib, parijliklar Mbappega bosim o‘tkazishmoqchi - agar u hafta oxirigacha yakuniy javobni bermasa, darhol uning narxi bo‘yicha muzokaralarni boshlashadi va manfaatdor klublar bilan bevosita aloqaga chiqishadi.

Kilianning o‘zi hammasi hal bo‘lgunga qadar ommaviy axborot vositalari bilan aloqaga chiqmoqchi emas.

Kiritildi: 09:39, 11.07.2023.
O'qildi: 4515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик