"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi yaqinda Kilian Mbappega ommaviy ultimatum qo‘ydi.
Klub 24 yoshli hujumchi Parijda o‘ynashda davom etishi uchun shartnomani uzaytirishi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda. Parijliklar Kilianning kelasi yozda erkin agent sifatida ketishiga ruxsat bermaydi. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi avvalroq 2024 yilda kelajagini hal qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi, shu sababli u "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti.
"PSJ" Mbappeni jamoa samolyotiga chiqish huquqidan mahrum qilishi mumkin!" - deya Ispaniyaning Sport nashri sahifalarida shunday sarlavhali eslatma e’lon qilindi.
Taxminlarga ko‘ra, agar Mbappe shu vaqtgacha shartnomani uzaytirmasa, "PSJ" hujumchiga 22 iyul kuni mavsumoldi turnega uchib ketishiga ruxsat bermaydi.













