Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

APLdagi eng sermahsul tandemlar!

APLdagi eng sermahsul tandemlar!

Baho:
+ | -

Quyida APLda birgalikda eng ko‘p gol urgan futbolchilar xususida so‘z yuritamiz. 

Darren Anderton va Teddi Sheringem - "Tottenxem" uchun 27 ta golli kombinasiya

Teddi Sheringem to‘rt mavsum davomida "Manchester Yunayted"da o‘ynagani va Darren Andertonning ko‘p seriyali jarohatlar to‘lqini bo‘lganiga qaramay bu juftlik "Tottenxem"da juda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Yetti mavsumda, ikki afsungar bor imkoniyatlari, mahorati va hiyla-nayranglarini ishga soldi, ular 27 marta birgalikda gollar urdi. Sheringem esa ularning katta qismini (20) darvozaga kiritdi. Ularning hamkorlikdagi cho‘qqisi 1994-95 yilgi mavsum boshida yuzaga keldi. Anderton mavsumning birinchi yarmida Sheringem uchun oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, ular Angliya terma jamoasi uchun 15 marta birga o‘ynashgan, ayniqsa Yevro-1996 davomida "uch sherlar" o‘z maydonlarida yarim finalgacha chiqishgan. 2003 yilda Sheringemning "shporlar"dan ikkinchi marta ketishi, "Portsmut"ga qo‘shilishi hamkorlikni tugatdi, Anderton bir yildan keyin klubni tark etib, "Birmingem"ga qo‘shildi.

Robert Pires va Tyerri Anri - "Arsenal" uchun 29 ta gol kombinasiyasi

Pires 2006 yilda "Vilyarreal"ga ketishidan oldin 12 golga mualliflik qilgan edi. Sherigi esa 17 gol urdi. Ro‘yxatda bunchalik yuqori bo‘lgan juftlikni ko‘rish ajablanarli emas, murabbiy Arsen Venger boshchiligidagi klub uchun ayniqsa samarali davrda har birining mahorati va shafqatsizligi o‘zgacha edi. "Arsenal"da birga bo‘lgan olti mavsum davomida - Pires ligada 63 ta gol urdi va 42 ta golli uzatmani amalga oshirdi - ular beshta yirik ichki sovrinni qo‘lga kiritdi, shu jumladan 2003-04 yilgi Premyer-liga chempionligi. Shuningdek, ular Fransiya terma jamoasi bilan birgalikda jahon chempionati va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritishdi.

David Silva va Serxio Aguero - "Manchester Siti" uchun 29 ta golli kombinasiya

Ularning biri Premyer-liga tarixida eng ko‘p gol urish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda tursa, ikkinchisi eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan holda yettinchi o‘rinni band etgan va zamonaviy davrning eng muvaffaqiyatli klublaridan birida birga o‘ynashgan. Bu ro‘yxatda albatta, "Manchester Siti" a’zosi Serxio Aguyero va David Silvani ko‘rmay iloj yo‘q. Argentinalik futbolchining to‘purar sifatida mashhurligi va ispaniyalikning kreativ fazilatlari bilan Aguero o‘zining 21 ta golini kiritganini bilish ajablanarli bo‘lmaydi. To‘g‘risi, Silvaning Aguero uchun so‘nggi golli uzatmasi uning "Siti"dagi so‘nggi xet-trigi payti sodir bo‘lgan.  gollaridan biri bo‘ldi. To‘qqiz mavsumni birga o‘tkazgan futbolchilar "Siti"da 11 ta yirik sovrin, shu jumladan to‘rtta liga chempionligini qo‘lga kiritdi, Silva 2020 yilda "Real Sosyedad"ga qo‘shilgandan so‘ng hamkorlik tugatildi. Aguero keyingi yili klubni tark etib, nafaqaga chiqish oldidan "Barselona"da qisqa muddat o‘ynadi.

2. Didye Drogba va Frenk Lempard - "Chelsi" uchun 36 ta golli kombinasiya

Premyer-liga tarixidagi eng kuchli va ko‘zga ko‘ringan bu ikki futbolchining muxlislari ko‘p. Lempard chempionatda 240 ta golda qatnashgan (147 ta gol va 93 ta golli uzatma), Drogba esa 104 ta gol urgan va yana 64 ta golga assist bergan. Klubda birga o‘tgan sakkiz mavsumida ular 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, ulardan 24 tasini ivuarlik hujumchi kiritdi. Ular, shuningdek, ikki marta finalda birlashib harakat qildi va "ko‘klar"ga Angliya kubogini yutdi. 2007 yilgi finalda "Manchester Yunayted" qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub etilgan payti va 2012 yilda "Liverpul" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgan payt Lempard hamda Drogba katta sahnaga chiqqan edi. Ularning sermahsul hamkorligi 2012 yilda Drogba "Chelsi"ni tark etib, Xitoy Superligasi vakili "Shanxay Shenxua"ga o‘tishi bilan yakunlandi.

1. Xarri Keyn va Son Xyon Min – “Tottenxem” safida 47 ta golli kombinasiya

Ular so‘nggi mavsumlarda Premyer-ligada eng ko‘p maqtovga sazovor bo‘lgan hujumkor juftlik bo‘lishdi, shuning uchun ularni ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinda ko‘rish kam odamni hayratga soladi. Keyn va Son hozirda eng yaqin raqiblarini ortda qoldirishgan va 50 ta golli kombinasiyasiga yaqinlashdi. Angliya terma jamoasi sardori uzoq vaqtdan beri Premyer-liganing yetakchi to‘purarlaridan biri bo‘lib, shu kunga qadar divizionda 213 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan, biroq u o‘z o‘yinini to‘liq forvardlik salohiyatini aynan tezkor Son bilan birga shakllantirdi va o‘z qobiliyatlarini yuqori darajaga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ularning 47 ta golli kombinasiyasidan Son 24 ta gol bilan Keynning 23 ta golini ortda qoldirdi. Ikki sermahsul mavsumda - 2020-21 va 2021-22 - ular 21 martadan gol urishdi. Keyn Sonning "Sautgempton"dagi barcha to‘rtta goliga assistentlik qildi, ular shuningdek, 2020-21 yilgi mavsum boshida beshta o‘yinda to‘qqizta gol urdi. Biroq o‘tgan mavsumda hamma narsa to‘xtab qoldi, chunki Keynning yana bir qizg‘in transfer mish-mishlari fonida yigitlarda motivasiya yo‘qoldi. 

Kiritildi: 18:41, 11.07.2023.
O'qildi: 1685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.