Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Verona 0-0 Udineze
05/01 16:30 Monsa 1-2 Kalyari
05/01 19:00 Fulhem 2-2 Ipsvich
05/01 19:00 Lechche 0-0 Jenoa
05/01 21:30 Liverpul 2-2 Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino 0-0 Parma
06/01 00:45 Roma 2-0 Lasio
07/01 01:00 Vulverhempton - Nottingem Forest

«Real»dagi 5-raqamlar: navbatdagisi Bellingem...

«Real»dagi 5-raqamlar: navbatdagisi Bellingem...

Baho:
+ | -

O‘z faoliyatida katta qadam tashlagan Bellingem, «Real» futbolchisiga aylandi. U, endilikda, «qirollik klubi»ning afsonaviy raqami ostida to‘p suradi. Bir qarashda 5-raqam oddiydek tuyuladi. Ammo unday emas. Negaki, bu raqam 2001 yildan 2006 yilga qadar tirik afsona bo‘lgan Zidanga tegishli edi. Uni Bellingem kabi saviyali futbolchi taqishi esa hammada havas uyg‘otgani turgan gap. Zizu taqqan raqam Bellingemga qadar kimlar tomonidan foydalanilganini bilishni istaysizmi? Unda quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

6. Fernando Gago

«Boka Xuniors»dagi fantastik mavsumlaridan keyin, Gago 2006 yilda «Real» tomonidan xarid qilinadi. U madridliklarga 20 million yevroga tushgandi. Dastlab, 8-raqamda harakat qilgan Gago, 2009 yilda 5-raqamni oladi. Bunga sabab Kakaning kelishi edi. 2010 yilda Mourinyoning kelishi, qolaversa, jarohatlar, Gagoni asosiy tarkibdan chetda qolishiga majbur etgan. Shunday qilib, yarim himoyachiga 5-raqam omad keltirmagandi.

5. Nuri Shaxin

2011 yilda kutilmagan nom, «Borussiya Dortmund»da toblangan ijodkor futbolchi sotib olinadi. Shahin ko‘pchilik tomonidan yuqori baholangandi. Ammo jarohatlar va beqarorlik turkiyalik yarim himoyachini asosiy tarkibdan to‘sib qo‘yadi. Bir mavsumdan keyin Shahin «Liverpul»ga ijaraga beriladi. 2013 yilning yanvarida esa u yana jonajon klubi bo‘lgan «Borussiya Dortmund» safiga qaytadi.

4. Xesus Valyexo

Valyexo 2015 yilda katta umidlar bilan «Real»ga keladi. Ammo bu hayollar puch edi. Birinchi mavsumini «Ayntraxt» safida ijara asosida o‘tkazgach, himoyachi yana Madridga qaytadi. Unga 3-raqam beriladi. Ammo Pepening raqami Valyexoga baxt keltirmaydi. U rotasiya quroli bo‘lishdan nariga o‘tmadi. Futbolchi 2010 yillar oxirida ham ijaralarda yurdi. Keyin esa Xesus doimiy tarzda «Real»ga qaytdi. U 2021 yildan beri «qirollik klubi»da YECHL va La Ligani yutdi. Ammo zaxira o‘yinchisi sifatida. Endi esa «5»ni Bellingemga topshirdi.

3. Fabiu Koentrau

Koentrauning «Real»dagi faoliyati jarohatlar sabab muvaffaqiyatsiz kechdi. Ammo portugaliyalik himoyachi Madridda ko‘plab sovrinlar yuta olgandi. Fabiuning moslashuvchanligi, uning eng katta quroli edi. Shu sababli Mourinyo undan muhim bahslarda foydalangan. 2018 yilda Koentrau Portugaliyaga qaytgan edi.

2. Fabio Kannavaro

Italiyani 2006 yilda Jahon chempioni qilganidan keyin, Kannavaro himoyachi sifatida «Oltin to‘p»ga loyiq topiladi. Shu yili u 7 million yevro evaziga «Yuventus»dan «Real»ga yo‘l oladi. U o‘zining uch yillik faoliyati davomida «qirollik klubi»ga ikkita La Liga va klublar o‘rtasidagi mundialdagi zafarni taqdim etgandi. 2009 yilda Kannavaro yana Turinga, «Yuventus»ga qaytadi. Shunday qilib, u qisqa davr mobaynida 5-raqam obro‘sini ko‘klarga ko‘taradi.

1. Rafael Varan

2011 yilda Varan «Lans» safidan sotib olinadi. Dastlab, unga 19-raqam taqdim etiladi. U birinchi mavsumidayoq La Ligani yutadi. Bu esa Varanning uzoq va shonli yo‘lining boshlanishi edi. Ikkinchi mavsum avvalida fransuz himoyachisi ikkinchi raqamni oladi. 2016 yilda esa Varan 5-raqam ostida to‘p sura boshlaydi. O‘zining «Real»dagi 10 yillik davrida jami 18ta titul yutgan futbolchi, 2021 yilda «MYU»ga yo‘l olgandi. Uning sovrinlari orasida 2018 yilgi mundial g‘olibligi ham bor.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:50, 11.07.2023.
O'qildi: 3478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.