Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Bundesliganing yaqin kelajakdagi ehtimoliy yulduzlari

Bundesliganing yaqin kelajakdagi ehtimoliy yulduzlari

Baho:
+1 | -

Ayni damda Bundesligada porlashi kutilayotgan futbolchilar bilan birma-bir tanishib chiqamiz.

Noa Atobolu ("Frayburg" darvozaboni, 21 yosh, tansfer narxi 3.5 million yevro)

"Frayburg"ning asosiy davrozaboni Mark Flekken yozda "Brentford"ga o‘tadi va birinchi raqamli golkiper o‘rni Atobolu hamda jamoaga yangi kelgan Florian Myuller o‘rtasidagi raqobat g‘olibiga nasib qiladi. Agar 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Germaniya chempion bo‘lganida Atoboluning imkoniyatlari yanada oshardi. Noa — sezgirligi yuqori va istiqboli katta davrozabon.

Noah Atubolu - Player profile 23/24 | Transfermarkt

Jo Skalli ("Borussiya M" himoyachisi, 20 yosh, tansfer narxi 12 million yevro)

Ikki mavsum davomida AQSH terma jamoasi futbolchisi Myunxengladbaxning "Borussiya" klubining eng ishonchli himoyachisiga aylandi. U qanot himoyachisi bo‘lib, hujumni yaxshigina qo‘llab-quvvatlay oladi. Skalli tezkor va jismonan ham ancha baquvvat. Himoyada deyarli xatoga yo‘l qo‘ymaydi.

Menxengladbax prodlil kontrakt s zashitnikom Skalli

Marton Dardai ("Gerta" himoyachisi, 21 yosh, tansfer narxi 3.5 million yevro)

"Gerta" klubi yangi bosh murabbiyining o‘g‘li Germaniya yoshlar terma jamoalarida o‘zini ko‘rsatib, ancha nom qozondi. Futboldagi debyut "Gerta"ning Bundesligadan chiqib ketishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, Dardai o‘zini himoyada eng yaxshilaridan biri ekanigini isbotladi. Marton chapaqay va jismonan ancha baquvvat. U shuningdek, tayanch yarim himoada ham bemalol o‘ynay oladi.

Pobeditel boya na vilet Darday: "Sin trenera"eto namnogo bolshe

Noa Mbamba ("Bayer" himoyachisi, 18 yosh, tansfer narxi 3 million yevro)

Belgiyalik iqtidorli himoyachi yanvar oyida "Bayer" futbolchisiga aylangan. U himoya markazida ham, tayanch yarim himoyada ham birdek o‘ynay oladi. Mbamba o‘zini "Bryugge" yoshlar klubida ko‘rsatdi va 16 yoshida asosiy jamoada debyut qildi. Ikki oyog‘ida ham birdek o‘ynay oladi va to‘pni o‘zida yaxshi ushlab turoladi.

noa mbamba - Topsport.bg

Luka Nets ("Borussiya M" himoyachisi, 20 yosh, tansfer narxi 6.5 million yevro)

Nets o‘zini yangi mavsumda to‘liq ko‘rsatishga qodir. Uning transfer narxi yildan yilga oshib bormoqda. Germaniya yoshlar terma jamoasining chap qanot himoyachisi o‘tgan mavsumda "Borussiya M" safida 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U shuningdek, har bir uchrashuvda o‘rtacha zarbalar soni bo‘yicha ham ajoyib statistikaga ega. Luka o‘yinni yaxshi o‘qiydi va chap oyog‘ida kuchli zarbalar yo‘llay oladi.

Luca Netz - Spielerprofil 23/24 | Transfermarkt

Erik Martel ("Kyoln" yarim himoyachisi, 21 yosh, tansfer narxi 9 million yevro)

Germaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi Martel tayanch yarim himoya pozisiyasida o‘ynaydi. Ammo u humujga ham yaxshigina qo‘shila oladi. Ikkinchi qavatda ham ustunlik ko‘rsatadi. Martel asosan, oddiy o‘ynashga intiladi va bu yuqori jarajadagi iqtidor, barqarorlik belgisi. 21 yoshidayoq jamoasining asosiy ijrochilaridan biriga aylandi.

Eric Martel - Player profile 23/24 | Transfermarkt

Arne Engels ("Augsburg" yarim himoyachisi, 19 yosh, tansfer narxi 7.5 million yevro)

Yana bir iqtidorli belgiyalik. U yanvar oyida "Bryugge"dan ko‘chib o‘tdi va darhol "Augsburg"da o‘zini ko‘rsatdi. Unda universallik yuqori. Engels yarim himoyaning istalgan qismida o‘ynay oladi. Tezkor va samaralilik ham yuqori darajada. U o‘ziga ishongan hamda uzoqdan aniq zarbalar yo‘llay oladi.

Volltreffer: Wie Arne Engels auch den FCA überrascht - kicker

Enso Miyo ("Shtutgart" yarim himoyachisi, 20 yosh, tansfer narxi 7 million yevro)

Miyo o‘tgan mavsumni "Monako" tarkibida o‘tkazdi. Yangi mavsumdan esa, "Shtutgart" sharafini himoya qiladi. Texnik jihatdan iqtidorli bo‘lgan futbolchi to‘pni bemalol raqib darvozasi tomon olib bora oladi. Driblingi ham ancha kuchli. U "Gamburg"ga qarshi o‘yinda jamoasining g‘alabasiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

Stoit prismotretsya. Budushiye perspektivnie zvyozdi Germanii 08.07.2023  chitat blog na SOCCER.RU

Yuliyen Dyuranvill ("Borussiya D" hujumchisi, 17 yosh, tansfer narxi 8.5 million yevro)

Tezkor va yuqori dribling egasi Dyuranvill o‘zining debyutini "Borussiya d" va "Mayns" o‘rtasidagi bahsda o‘tkazdi. Yanvar oyida "Anderlext"dan 8.5 million yevroga sotib olingan va yangi mavsumdan bu harajatni oqlashi kutilmoqda. Qolaversa, Dortmund klubi iqtidorli yoshlarga yetarlicha imkon beradi.

Julien Duranville - profil igroka 23/24 | Transfermarkt

Yakub Kaminski ("Volfsburg" hujumchisi, 21 yosh, tansfer narxi 12 million yevro)

Polshalik iqtidorli hujumchi o‘tgan mavsumda "Lex"dan "Folfsburg"ga o‘tgan edi. Yakuniga yetgan masumda u 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U to‘pga egalik qila oladi, maydonni yaxshi ko‘ra oladi va hujumda samaradorlik ko‘rsatishga qodir. Polsha terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Kaminski Jahon Chemrionati-2022 da 4 ta o‘yinda maydonga tushishga ham ulgurgan.

Yakub Kaminski ⊕ Posledniye novosti segodnya: sobitiya, obzori, transferi na  Footballhd.ru

Nelson Vayper ("Mayns" hujumchisi, 18 yosh, tansfer narxi 5 million yevro)

Ehtimol, uning yoshidagi nemis hujumchilaridan ajralib turgani Vayperdir. Nelson o‘tgan mavsumda yoshlar klubida gollar sonini oshirdi va kattalar safida debyut qildi. 18 yoshida Bundesligada 9 ta o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur o‘yinlarda o‘zini yetarlicha ko‘rsata oldi.

Nelson Weiper - profil igroka 23/24 | Transfermarkt

Boshlanishi kutilayotgan mavsum Bundesligada mana shunday iqtidorli futbolchilar o‘zlarini yanada ko‘rsatishga harakat qilishadi.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 23:57, 11.07.2023.
O'qildi: 2976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.