"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres "Aston Villa" bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi birmingemliklar rasmiy sayti.
Oldinroq 26 yoshli himoyachining transfer summasi 32,5 million yevro va 5 million bonuslar bo‘lishi xabar qilingandi.
2022/23 yilgi mavsumda Torres “Vilyarreal” safida barcha turnirlar doirasida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt uning narxini 45 million yevroga baholamoqda.