Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Futbolning aqliy sport turiga aylanib borishidagi falsafa – maydondagi matematik chizgilarga nazar

Futbolning aqliy sport turiga aylanib borishidagi falsafa – maydondagi matematik chizgilarga nazar

Baho:
+ | -

Bugungi zamonaviy futbolda eng ko‘p murojaat etilayotgan mashhur sxemalarga har bir jonkuyar muxlis befarq emas.

"Man Siti" murabbiyi Pep Gvardiola futboldagi taktikalar xususida gapirar ekan, ularni shunchaki uyali aloqa vositasidagi raqamlarga o‘xshatgan xolos. Biroq buyuk ispan murabbiyining birgina shu raqamlar kombinasiyasi orqali qanday yutuqlarga erishgani barchamizga sir emas. Pepning bu ta’rifni ishlatganiga sabab - uning shogirdlari startdagi joylashuvni 90 daqiqa davomida tinimsiz o‘zgartiraveradilar va asosiy tarkibda yuzaga chiqqan pozisiyalar keyinchalik ahamiyat kasb etmay qoladi. Shunga qaramay o‘yin sxemalari bizga muayyan jamoaning oniy falsafasi, bugungi bahs uchun murabbiyning tayyorgarligi hamda uning o‘z raqibiga qarshi navbatdagi o‘zgacha yurishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shu sababli eng mashhur taktik sxemalar xususida qisqacha so‘z yuritamiz.

4-3-3

Ushbu sxemaning asosiy ustunligi shundaki, markazdagi uchinchi o‘yinchi qolgan ikki sherigi yopilgan paytda raqib jarima maydoni atrofida ko‘proq vaziyatlar yaratadi. Ya’ni bu sxemada butun o‘yin asosan ushbu futbolchi ustiga qurilgan bo‘lib, himoyaviylikdan ko‘ra hujumkorlik ko‘proq aks etadi. Tartibli pressing, "uchburchak" zonalar, qanotlar orqali faol harakatlar,  vaziyatlar keskinlashuvi to‘p nazoratining yuqoriligi aynan 4-3-3ning asosiy mantig‘ini tashkil etadi desak, yangilishmaymiz. Yoxan Kroyff o‘z jamoalarida xuddi shu uslubdagi pozision sxemani maqbul ko‘rgan, Zidanning "Real"dagi yaqin yillar davomida erishgan yutuqlari aynan ushbu sxemada ko‘proq yuzaga chiqqan.

Bugungi futbolda jamoaviylik ustun ekani, murabbiylarning 11 ta futbolchini o‘zaro chiziqlarga bog‘lab chiqishini hisobga olsak, birgina hujumchidan jiddiy xavf kutish mushkul. Shu sababli ikki vingerning muttasil hujum yo‘nalishiga aralashishi markaziy forvard ishini yengillashtirmoqda, biroq bu faqat hujum paytida shunday xolos. Markazdagi tayanch nuqtasi vazifasini olgan xavbekka ko‘p vazifalar yuklatilinadi hamda u ko‘pincha o‘z jamoasining yetakchisi hisoblanadi, ikkita “sakkizlik” futbolchi orqali pressing oson amalga oshadi. Shuningdek, himoya va markaziy zona o‘rtasida kompaktlik paydo bo‘ladi, bu har qalay o‘rta chiziqdagi ikkita yarimhimoyachi tanlovidan ko‘ra ishonchli va kreativroq variantdir.

Bu sxemaning asosiy kamchiligi, yuqorida ta’kidlanganidek, markaziy staraykerning yolg‘iz qolib ketishida. 3 ta himoyachi uslubi bilan o‘ynovchi jamoalarga qarshi u ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Markaziy kuchli qo‘rg‘ondan boshlanadigan pressingda tabiiyki, ikki vinger katta ishni bajaradi, bu so‘nggi nuqtaga kelganda hujum oqimida biroz uzilishlarga olib kelishi mumkin. Yarimhimoyachilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular raqibning 4-4-2 sxemasida ancha qiynalishadi, buni son bo‘yicha kamchilik ham aytib turibdi. Ular o‘zaro joy almashgan payti himoya pozisiyasidagilar yaqqol ochilib qoladi, 4-4-2 jamoasiga qarshi bahslarda ayniqsa qarshi hujumlarni o‘tkazib yuborish xavfi yuqori.

4-4-2

Ushbu sxemaning afzallikliklaridan biri – hujumchilar tandemida namoyon bo‘ladi, agar yaqqol “to‘qqizlik” straykerlar bo‘lsa, intensiv himoyalanayotgan jamoaga qarshi ular anchayin xavfli. Bu uslubda asosan ikkinchi jamoa bo‘lib harakatlanish qulay bo‘lgani sababli qanotlardan ham, markazdan ham qarshi hujumlarga o‘tish samara beraveradi. Markazdagi to‘rtlikning ora-orada hosil qilgan bloklari to‘pni jamoada saqlab qolishga qulay. Zamonaviy yondashuvlarga ko‘ra jarima maydonchasi hamda markaziy zonadagi taranlik hisobiga Diyego Simeonening uslubi asosan shu sxemaga ko‘proq mos tushadi.

Biroq ushbu sxema futbolchilardan juda ham ko‘p mehnat talab qiladi, ayrim hollarda bemaqsad yugurishlar aks ta’sirga olib keladi. Oldga tomon pas berish jarayonida o‘yinchilar bir-birini o‘zaro beixtiyor blokka solib qo‘yadi. Misol uchun, markaziy himoyachidan tortib hujumchigacha bitta chiziqda joylashib qoladi va bu raqibga o‘yinni tezroq o‘qib olish imkonini yaratadi. Bunda asosan qanotlarga urg‘u berilgani sababli raqib markazga yo‘naltirilgan bitta o‘tkir pas bilan joylashuvni buzib yuborishi mumkin. Demak, 4-4-2 ning zaif tomoni markazdagi bo‘shliqda ko‘rinar ekan.

3-5-2

Markaziy zonadagi aqlli ijrochilar bugun asosiy natijani ta’minlamoqda. Shu asnoda bu sxemadagi zichlik ham rotasiya orqali raqib himoyachilarini chalg‘itishda qo‘l keladi. Bunda markaziy uch xavbek to‘p nazorati orqali raqibni o‘ziga chorlaydi va ikki tezkor vingerga pozision hujumda yo‘l ochiladi. Hujumchilarning hosil qilgan tandemi esa yaratilgan vaziyatlarning sermahsulroq chiqishida katta rol o‘ynaydi. Himoyadagi "uch qo‘rg‘on" esa ortga qaytadigan ikki vinger bilan raqib hujumchilari uchun noqulay yondashuv yaratadi. Ko‘rib turganingizdek, nafaqat markazda balki himoyada ham cheksiz rotasiya ishlarini bu sxema orqali olib borish mumkin. To‘pni olib qo‘yishda markaziy uchlik va hujum duyelidan foydalaniladi, ular asosiy bo‘shliqni yopishga xizmat qiladi.

Ammo himoyaga yordamga qaytgan vingerlarning pozisiyasi bo‘shab qolgach, raqib hujumlari aynan shu yerdan ko‘plab amalga oshiriladi hamda havodan uzatiladigan "inglizcha pas"lar soni ortadi. Shu sababli bu sxemadagi "qora ishlar" vingerlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ushbu pozisiyaga asosan baquvvat futbolchilar tanlanishi joiz.

3-4-3

Bu uslubdagi asosiy qahramonlar ikki "o‘nliklar" bo‘lib, sheriklariga qaraganda ko‘proq funksiyalarni bajarishi talab etiladi. Avvalo, markaziy zonaga qaytish orqali o‘zlari bilan o‘yinchi ergashtirishadi hamda raqib himoyasidagi zichlik biroz bo‘lsada kamayadi. Ikkinchidan, pressing uyushtirish chog‘ida o‘rta chiziq vakillari bilan uyushqoqlikda ishlashadi. 3 ta himoyachi pozisiyasi esa doimgidek, qo‘shimcha yordamchilariga ega. Shuningdek, zamonaviy tahlilchilarning fikricha, 3 ta hujumchi hamda markazdagilarning aylana shakli orqali raqib markaziy zonasini "qopqonga tushirish" osonroq va bundan to‘pni olib qo‘yishda keng foydalaniladi.

Bu sxema o‘z maromida ishlatilsa, kamchiliklari nisbatan kamroq. Asosiy xavf yuqoridagi uslublarda bo‘lgani kabi himoyadagi rotasiya payti yuzaga keladi. Biroq "o‘nliklar" ortga qaytgan vingerlarning o‘rnini bemalol to‘ldirishi mumkin.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:23, 12.07.2023.
O'qildi: 2121 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.