Kataloniyaning «Barselona» klubi kelasi yozda tarkibini kuchaytirish uchun yana erkin agentlarga yuzlanishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar short-listida «Liverpul» yulduzi Muhammad Saloh ham bor.
32 yoshli misrlik futbolchi haligacha «qizillar» bilan 2025 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmagan. U joriy mavsumda 15 ta o‘yinda 9 ta gol urib, 7 ta assist berdi.