Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

"Real Madrid" Ronaldu, Bekxem va Zidan ishlatgan shkaflarni sotadi

"Real Madrid" Ronaldu, Bekxem va Zidan ishlatgan shkaflarni sotadi

Baho:
+ | -

"Real Madrid"ning "Santyago Bernabeu" stadioni yaqinda ta’mirdan chiqarildi. Endi Madrid klubi eski jihozlarning bir qismini kimoshdi savdosida sotmoqchi.

Lotlar orasida Krishtianu Ronaldu, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Serxio Ramos, Karim Benzema va Luka Modrich kabi afsonalar tomonidan foydalanilgan 24 ta shkafdan iborat kolleksiya bor. Shkaflarning boshlang‘ich narxi 10 ming funt sterlingni tashkil etadi, deb yozadi Goal portali. Tender savdolari 12 noyabrda boshlanadi.

To‘plamda "Real Madrid" gerbi tushirilgan mozaika ham bor, uning boshlang‘ich narxi 12 ming funt. Kimoshdi savdosida avval stadionda turgan metall eshiklar ham sotiladi.

Kiritildi: 15:24, 05.11.2024.
O'qildi: 3810 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик