Pedri "Barselona"dagi jarima tizimi haqida gapirdi.
21 yoshli yarim himoyachi Martínez y Hermanos dasturida ishtirok etdi va u yerda jamoaning ichki tuzilishi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Pedrining so‘zlariga ko‘ra, "Barselona"da Xans-Diter Flik klubga qo‘shilganidan keyin paydo bo‘lgan jarimalar tizimi mavjud.
Yarim himoyachining qayd etishicha, nemis murabbiyi punktuallikka juda jiddiy yondashadi. Kech qolgani uchun u moliyaviy jazo qo‘llashi yoki futbolchini maydonga tushirmasligi mumkin.
Kataloniya klubi joriy mavsum La Ligada 12 turdan keyin 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.