Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati. Farida Soliyeva kumush, Svetlana Radzivil esa bronza medalini qo‘lga kiritdi

Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati. Farida Soliyeva kumush, Svetlana Radzivil esa bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medallariga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida 400 metrga yugurish dasturida qatnashgan Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.

22 yoshli Farida Soliyeva final dasturida 52.95 soniya natija qayd etib, marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Qayd etish joiz, bu bilan navoiylik sportchimiz shaxsiy rekordini yangiladi. Oltin medal Shri-Lanka vakilasiga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni hindistonlik atlet yakunlab berdi.

400 metr, OCH:
1. Ramanayaka Nadisha (Shri-Lanka) – 52.61
2. Farida Soliyeva (O‘zbekiston) – 52.95
3. Aishvarya Mishra (Hindiston) – 53.07

1.75, 1.80 va 1.83 metr balandlikdagi plankalardan birinchi urinishdayoq o‘ta olgan Radzivil, afsuski, 1.86 metr balandlikka kelganida omadsizlikka uchradi. Oltin va kumush medallari esa qozog‘istonlik atletlarga nasib etdi. Bu Svetlana Radzivil uchun qit’a birinchiliklaridagi beshinchi medal hisoblanadi.

Balandlikka sakrash, OCH:
1. Kristina Ovchinnikova (Qozog‘iston) – 1.86
2. Yelizaveta Matveeva (Qozog‘iston) – 1.86

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 16:58, 13.07.2023.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.