Fabrisio Romano "Vest Xem" hujumchisi Janluka Skamakka atrofidagi ishlarga oydinlik kiritdi. U Italiya terma jamoasi a’zosining A seriyaga qaytishi haqida shunday deydi:
"Skamakka Mourinyo jamoasida o‘ynashni istayotgani bor gap. "Roma" hujumchini olib kelishni istaydi. Ammo "Vest Xem" rimliklarga hech qanday ijara bitimini qabul qilmasliklarini aytgan. Birgina yo‘l futbolchini sotib olishdir. Ammo hozir Skamakka uchun so‘ralayotgan 30 million yevroni "Roma" to‘lay olmaydi".