"Inter" darvozabon Rafael Di Jennaro bilan shartnoma imzoladi.
Milan klubi 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. O‘tgan mavsumda u C Seriyada "Gubbio" safida o‘ynagan.
Di Jennaro “Inter” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002 yildan 2019 yilgacha klub tizimida bo‘lgan, shundan so‘ng "neradzurri"ni tekinga tark etgandi. Italiyalik futbolchi o‘zining so‘nggi mavsumlarini "Katanzaro", "Peskara" va "Gubbio"da o‘tkazdi.