"Arsenal" futbolchisi jamoadan ketmaydi. Xabarlarga ko‘ra, himoyachi Kiran Tirni arzonga sotilmaydi. Klub sport direktori Edu 26 yoshli futbolchini 25-30 million funtga sotishdan bosh tortgan.
Tirni uchun "Seltik" va "Nyukasl" qiziqish bildirayotgan edi. O‘tgan mavsumda u asosan zaxiradan maydonga tushirilgan. Shu sababli Tirni doimiy o‘yin vaqtiga ega bo‘lish uchun yangi jamoaga o‘tmoqchi edi.