Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 00:00 Barselona 1-0 Xetafe
26/09 17:30 Eron 3-4 Marokash
26/09 18:30 Navbahor 0-3 So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo 3-0 Surxon
26/09 20:00 Portugaliya 1-2 Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas 1-1 Betis
26/09 22:00 Espanyol 1-2 Vilyarreal
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum - Metallurg
27/09 17:30 Tailand - Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona

"Arsenal" o‘zining barcha nishonlarini zabt etdi. Mikel Arteta endi nima qilishi kerak?

"Arsenal" o‘zining barcha nishonlarini zabt etdi. Mikel Arteta endi nima qilishi kerak?

Baho:
+ | -

2010 yillarning avvalida "Arsenal" moliyaviy jihatdan qiyin ahvolga tushib qoladi. O‘shanda Arsen Venger shunday degan edi: "Biz hozir 50 million funtlik futbolchilarni xarid qila olmaymiz. Qurbimiz bunga yetmaydi. Bu – fakt!"
Oradan 12 yil o‘tdi va "Arsenal"dagi moliyaviy ahvol butunlay o‘zgardi. O‘sha 2011 yilda Venger sotib olgan Mikel Arteta, 2023 yilning yozida 3 ta futbolchi uchun 200 million funtdan ko‘p sarfladi. Yurriyen Timber (40 million funt), Kay Xavers (65 million funt) va Deklan Rays (105 million funt) o‘tgan mavsumning 248 kunida APL yetakchisi bo‘lgan jamoaga qo‘shildi. Garchand katta xarajat qilingan bo‘lsa ham, hali "Arsenal"ning yozgi xaridlari tugadi deb bo‘lmaydi. Quyida Mikel Arteta va uning jamoasi, yangi mavsum boshlangunga qadar amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar qayd etiladi.

Tarkibni tartibga keltirish

Umuman olganda, hozirga qadar "Arsenal" Moliyaviy Feyr pley qoidalaridan chetga chiqqani yo‘q. Shunga qaramay, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish zarur. Buning uchun qilingan xarajatlarni ayrim sotuvlardan kelgan pullar bilan qoplash kerak. Shu maqsadda Tomas Parti sotuvga qo‘yilmoqda. Ganalik futbolchi evaziga yaxshi taklif bildiradigan klub qidirilmoqda. U 2020 yilda "Atletiko"dan 45 million funt evaziga sotib olingan edi. Unga Saudiyadan takliflar borligi aytilgan. Bundan oldin Granit Jaka "Bayer Leverkuzen"ga 20 milliondan qimmatroq narxda sotilgandi. Shuningdek, himoyachi Kiran Tirni uchun ham takliflar eshitiladi. Unga "Nyukasl" qiziqish bildirgan. Agarda Tirni sotilsa, uning o‘rni kim bilandir to‘ldirilishi kerak. Bu esa tarkibni tartibga keltirish zaruratini vujudga keltiradi.

Markaziy hujumchilar borasida bir qarorga kelish

Mikel Arteta mavsumoldi o‘yinlariga uchta hujumchi bilan yo‘l olgandi. Bu esa bosh murabbiy oldida yangi muammoni vujudga keltiradi. Arteta ular o‘rtasida tanlov qilishi kerak. Ular ichida 26 yoshli hujumchi Jezus eng tajribali vakil sanaladi. Balogun esa o‘tgan mavsumni "Reyms"da fantastik darajada ajoyib o‘tkazgan edi. Shu sababli uni yaxshi narxga sotish eng yaxshi tanlov bo‘lgan bo‘lardi. "Arsenal" o‘z tarbiyalanuvchisiga 30 million funtdan baland narx qo‘ygan.
Jezus jarohatda ekanida, Nketia katta maydonga chiqqandi. Shunday ekan, zaxira varianti sifatida undan yaxshiroq nomzod topish qiyin.

Yarim himoyani mustahkamlash

Artetaning yarim himoyasi hali ham to‘liq qurilgani yo‘q. Agarda Tomas Parti ketadigan bo‘lsa, maydon markazi uchun yana bir xaridni amalga oshirish kerak bo‘ladi. "Arsenal" bu borada allaqachon harakatlarini boshlab yuborgan. To‘pchilar "Sautgempton" yarim himoyachisi Romeo Laviyaga qiziqish bildirmoqda. Biroq, bu borada London klubi yolg‘iz bo‘lmaydi. Negaki, 19 yoshli futbolchiga "Liverpul", "MYU" va "Nyukasl" ham da’vogar sanaladi. Laviya esa ayni damda 50 million funtga baholanmoqda.

Bukayo Sakaga o‘rinbosar topish

"Arsenal" so‘nggi ikki yil davomida o‘zining APL o‘yinlarini Bukayo Sakasiz o‘tkazmadi. Sakaning chidamli va barqaror ekani, uni eng qiymatli futbolchilardan biriga aylantirdi. Biroq, gigant klublar bir futbolchiga bog‘lanib qolmasligi kerak. Boz ustiga, Saka 21 yoshda va uning yetakchilik borasidagi tajribasi hali yetarli emas. Shu sabab uni rotasiya qilishga qodir vakil zarur. Bu borada "Bayer Leverkuzen" hujumchisi Mussa Diabi ajoyib tanlov bo‘lgan bo‘lardi. 24 yoshli vingerni 45 million funtga sotib olish mumkin. Ha, u "Arsenal"da Sakadan keyingi nom sifatida ko‘riladi. Biroq, Diabi uchun YECHL futboli juda ham muhim faktordir. Bu imkoniyat esa "Arsenal"da mavjud.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:55, 17.07.2023.
O'qildi: 4542 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.