Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Edegor: "O‘tgan yilgi muvaffaqiyatsizlikdan motivasiya sifatida foydalanamiz"

Edegor: "O‘tgan yilgi muvaffaqiyatsizlikdan motivasiya sifatida foydalanamiz"

Baho:
+ | -

"Arsenal" sardori Martin Edegorning aytishicha, uning jamoasi Premyer-liga chempionligidan mahrum bo‘lganidan keyin hamon azob chekmoqda.

O‘tgan mavsumda "Arsenal" 248 kun davomida turnir jadvalida peshqadamlik qildi, ammo yakunda "Manchester Siti" chempionlikni ilib ketdi va "shaharliklar" mavsumni trebl bilan yakunladi.

Edegor aynan "Arsenal" to‘g‘ri xulosa chiqarishiga va bu umidsizlikdan yangi mavsum uchun motivasiya sifatida foydalanishiga umid qilmoqda.

"O‘tgan mavsum haqida juda ko‘p turli xil his-tuyg‘ular mavjud. Biz qanchalik uzoqqa erishganimiz va so‘nggi yillarda qanchalik yaxshilanganimizdan faxrlanamiz. Bu yerda bo‘lish va hamma narsani yutgan jamoa bilan chempionlik uchun kurashish biz uchun yaxshi qadamdir. Lekin shu bilan birga, chempionlikni qo‘ldan chiqarganimiz bizni xafa qiladi.

Bizning orzumiz chempion bo‘lish edi. Biz shuni xohlaymiz, shuning uchun ham bu bizga azo bermoqda, lekin biz o‘tgan yil davomida o‘rgangan barcha narsamizdan avvalgi yilgidek foydalanishimiz kerak. O‘shanda biz Chempionlar ligasiga kira olmagandik. Ammo biz yana ham kuchliroq va yaxshi tayyorlanib qaytdik.

Endi o‘tgan yilgi muvaffaqiyatsizlikdan to‘g‘ri foydalanamiz va biz buni qilishga harakat qilamiz" - dedi Edegor Sky Sports nashriga.

Kiritildi: 13:26, 20.07.2023.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.