Turinning "Yuventus" klubi o‘z rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Fabio Miretti bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Futbolchi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Fabio Miretti - "Yuventus" akademiyasi bitiruvchisi. "Keksa sinyora"ning asosiy jamoasi uchun yarim himoyachi 47 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z sheriklariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyaning so‘nggi mavsumida "Yuventus" yettinchi o‘rinni egallagan edi. Moliyaviy qoidalarni buzgani uchun klubdan ochkolar olib tashlandi.