Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

O‘zPFL komissarlari elektron qaydnoma tartibiga o‘tish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi

O‘zPFL komissarlari elektron qaydnoma tartibiga o‘tish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston professional futbol ligasi Superliga va Pro liganing ikkinchi davrasidan boshlab yangi tartibdagi elektron qaydnomalarga o‘tishi ma’lum qilingandi. Bu yo‘lda komissarlar uchun birinchi davra yakunlariga bag‘ishlangan hamda yangi qaydnomani to‘ldirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda birinchi davra davomida kuzatilgan holatlar muhokama etilib, komissar vazifalari xalqaro tajribadagi misollar bilan ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishning ikkinchi qismida esa yangi qurilmalar asosida elektron qaydnoma to‘ldirish jarayoni tushuntirib o‘tildi. Endilikda Superliga 14-tur bellashuvlari startiga qadar komissarlar o‘zlari ishlagan birinchi davra uchrashuvlari qaydnomasini yangi uslubda to‘ldirishga harakat qilib boradi.  

Bungacha start list tayyorlash va keyinchalik qaydnomani imzolashgacha bo‘lgan vaqt 30-40 daqiqani tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda yangi turdagi lisenziyalar yordamida MyLeague platformasi orqali qaydnoma onlayn to‘ldiriladi. Murabbiy, komissar va hatto hakamlar ham o‘z lisenziyasi orqasi onlayn imzo chekish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu yilning yanvar oyidan boshlab futbol klublariga mikrochipli lisenziyalar taqdim etilgan bo‘lib, ularda futbolchi haqida kerakli ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Endilikda komissar o‘yin oldidan start list va uchrashuv yakunlangach qaydnomani xuddi shu mikrochipli lisenziyalar yordamida bir necha daqiqa ichidagina to‘ldiradi va imzolaydi. Dunyoning yetakchi ligalari musobaqani boshqarishning shu kabi onlayn tizimi (Competition Management System) dan foydalanmoqda. O‘zPFL hamkorlik qilayotgan MyLeague onlayn tizimi mikrochipli lisenziyalardan foydalanadigan dastlabki zamonaviy platformalardan biriga aylandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:21, 21.07.2023.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.