Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Jarohatlar girdobida qolgan Fofana

Jarohatlar girdobida qolgan Fofana

Baho:
+ | -

Mavsum oldidan “Chelsi” o‘zining eng qimmat himoyachisini yo‘qotdi: Uesli Fofananing xochsimon paylari yirtilib ketdi, u allaqachon operasiya qilindi. Odatda bu kamida olti oylik tiklanishni talab etadi. Klub tibbiyot shtabidagi manba jarohat juda jiddiy ekani haqida xabar berdi, Fofana keyingi yozgacha safga qaytmasligi mumkin. O‘tgan mavsumda himoyachi jarohati sabab 20 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan - shu paytgacha u "Chelsi" tarkibida xuddi shuncha uchrashuvda o‘ynagan.

Fofana uchun bu ikkinchi jiddiy jarohat. "Lester"da u 7 oyga safdan chiqqan edi

Fofana 22 yoshida juda ko‘p jarohatlarga yo‘liqqan edi, uning ba’zilari juda jiddiy edi. Og‘riqlar fransuzni "Sent-Etyen"dalik paytidanoq ta’qib qilib kelmoqda: u yerda futbolchi tizzasini ikki marta jarohatlagan. Shu sababli, 2019 yilda u 75 kunlik muddatdagi 12 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Keyin "Lester"da ham bir xil muammolar uni ta’qib qilib keldi. 2020/21 yilgi mavsumda Fofana ikki marta tizzasini, bir marta son mushaklarini shikastladi. Achinarli natija - 44 kun futbolsiz hayot (9 ta o‘yin).

Ammo Ueslining yaqin vaqtga qadar eng dahshatli jarohati hozirda bo‘lgani kabi, mavsumoldi yig‘inida ko‘zga tashlandi. 2021/22 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Vilyarreal" bilan o‘yinda unga hujumchi Fer Ninyo kelib to‘qnashdi. Fofanani maydondan zambilda olib ketishdi.

Uesli boldirini sindirib oldi va 223 (!) kundan keyin maydonga qaytdi - keyin u darhol Konferensiyalar ligasida gol urdi. Himoyachi Lukmanning uzatmasidan keyin to‘pni boshi bilan yo‘lladi va darhol Brendan Rojers tomon yugurdi - "Lester" ustozi doimo futbolchini qo‘llab-quvvatlagan.

“U endigina maydonga chiqdi va gol urdi. Men bu temir yigitga qoyil qolaman”, - deydi “Lester”ning sobiq futbolchisi Ivan Roberts.

"Chelsi"ga o‘tishdan oldin Uesli Nyu-Yorkda tekshiruvdan o‘tdi: tekshiruv 10+ soat davom etdi

Uzun sferali jarohatlar tarixi ham himoyachiga "Chelsi"ga o‘tishga imkon berdi: u "Lester"dan 70+5 million funt evaziga olingan. Ammo London klubi buni xavfsiz amalga oshirmoqchi bo‘ldi: transferdan oldin u Nyu-Yorkda chuqur tekshiruvdan o‘tdi - Fofananing so‘zlariga ko‘ra, bu 10 soatdan ko‘proq davom etdi.

“Men tekshiruvni Londonda bo‘ladi deb o‘ylagandim, keyin esa Nyu-Yorkda o‘tkazilishini bildim. Bu shoshilinch tashrif edi, lekin men klinikada ko‘p vaqt o‘tkazdim. Ular mening to‘pig‘imni tekshirishdi. Hammasi tahlil qilindi. Jarohatimdan qanday qutulganimni ko‘rish uchun hamma narsa ishga solindi. Bu 10 soatdan ortiq davom etdi. Menga sarflangan pul miqdorini hisobga olsak, bu normal holat”, - dedi Fofana.

Ammo "Chelsi"da jarohatlar futbolchini qo‘yib yubormadi. 2022 yil oktyabr oyida u yana tizzasini jarohatladi, Jahon chempionati paytida tuzalib ketdi va Premyer-ligada faoliyatini qayta boshlash uchun qaytishi kerak edi, ammo keyin yana "Brentford"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida - chempionatdagi rasmiy o‘yindan bir hafta oldin u yana safdan chiqdi. Natijada, o‘tgan mavsumda 20 ta o‘yin o‘tkazib yuborilgandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi nafrat tufayli Fofana Twitter'ini o‘chirib qo‘ydi va Instagram'ini ham yopishga majbur bo‘ldi. Pochettino bu yigitni qo‘llab-quvvatladi.

Jarohatlar Fofananing Premyer-ligada to‘g‘ri o‘ynashiga to‘sqinlik qilmoqda: 2020/21 yildan buyon mavsumlar bo‘yicha o‘yinlar soni mos ravishda 28, 7 va 17 tani tashkil etadi

Yangi mavsum hali boshlanmadi, ammo Fofana hozirgacha uning katta qismini o‘tkazib yuborsa kerak. Muxlislarning ko‘plab haqoratlari tufayli futbolchi Twitter'dagi profilini o‘chirib, instagram'ini yopdi - ha, siz to‘g‘ri tushundingiz: futbolchi xochsimon paylarini shikastlab olgan. Ris Jeyms va Benoit Badiashil ijtimoiy tarmoqlarda sherigini qo‘llab-quvvatladi.

Bosh murabbiy Maurisio Pochettino ham unga dalda berdi: "Bu juda achinarli, yomon xabar. Hammamiz juda xafamiz. Uning uchun qila oladigan yagona narsamiz, uning o‘z yo‘liga qaytishiga yordam berish, shifo tilashdir. Unga eng yaxshi tilaklarimizni tilaymiz. Umid qilamanki, u bu mavsumda o‘ynaydi".

Biz ham shunday umid qilamiz.

Kiritildi: 11:40, 21.07.2023.
O'qildi: 1529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.