Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Neftchi" Tojikiston klubini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

"Neftchi" Tojikiston klubini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Tojikistonning "Esxata" klubiga qarshi o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, murabbiy bugun barcha futbolchilar uchun nimaga qodir ekanliklarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratib berdi. Birinchi bo‘limda harakatlangan futbolchilar o‘rniga, ikkinchi bo‘limda tarkib to‘liq almashtirildi.

Uchrashuvda hisobni farg‘onaliklar ochib berishdi. Bu vaziyatda jamoaga yaqinda kelib qo‘shilgan gruziyalik hujumchi Georgiy Nikabadze burchakdan oshirilgan to‘pga egalik qilib boshi bilan zarba yo‘lladi va darvozani ishg‘ol etdi 1:0.Mazkur hisob tanaffusga qadar o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar ancha faol va hujumkor o‘yin namoyish etib, mehmonlar darvozasiga ancha-muncha xavf solib, ketma-ket uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘yinda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan "Neftchi" yakunda yirik 4:0 hisobidagi g‘alabani nishonladi.

Halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

"Neftchi" - "Esxata" 4:0

21 iyul "Neftchi" SK stadioni

Gollar: Georgiy Niaabadze, 5'(1:0), avtogol, 50'(2:0),Izzatilla Abdullayev, 58'(3:0), Izzatilla Abdullayev, 68'(4:0)

Ogohlantirishlar: Anvar G‘ofurov 56

Amalga oshirilmagan penalti: G‘ulomxaydar G‘ulomov 78

"Neftchi" birinchi bo‘lim: 45.Akbar To‘rayev, 3. Nodirxon Nematxonov,  26.Aleksey Larin,  4. Anton Krivchenko, 7.Umar Adxamzoda, 19.Mirzoxid G‘ofurov. 23.DiyorTuropov,  5.Eduard Emsis, 8.SHarof Muxiddinov, 35.Vaxib Tara, 22 Georgiy Nikabidze.

"Neftchi" ikkinchi bo‘lim: 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 21.Muxsin Ubaydullayev, 20.Anvar G‘ofurov, 11.Izzatilla Abdullayev, 10.Sunnatillo Abdulajonov, 13.Lutfulla To‘rayev, 17.Abdulloh Olimov, 24.G‘ulomxaydar G‘ulomov, 9.Ulug‘bek Xoshimov, 70.Abbos G‘ulomlar.

Bosh murabbiy:  Vitaliy Levchenko

"Esxata": 93.Vladislav Shevchenko, 19.Xuseyn Nurmatov, 14.Oybek Abdug‘afforov, 15.Roman Xibaba, 10.Sayyod Kovusshox, 20.Olim Karimov, 17.Ibrohim Eshonxonov, 5.Siyavush Asrorov, 7.SHaxzod Mamurjonov, 18.Daler Imomnazarov, 22.Sanjar Rizqiboyev,

Zaxira: 16.Mo‘minjon Gadoyboyev, 29.Muhammad Rustamov, 21.Abdurahmon Uzaqov, 8.Rustam Saburov, 72.Mubin Mo‘minov, 81.Xoji Abdumamonov, 11.Baxtiyor Zaripov

Bosh murabbiy: Igor Surov

Kiritildi: 22:23, 21.07.2023.
O'qildi: 2357 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.