Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/10 19:00 Paxtakor 1-3 Neftchi
23/10 19:00 Buxoro 0-0 Surxon
23/10 23:45 Torino 3-2 Monsa
24/10 00:00 Alaves 1-1 Malaga
24/10 00:00 Ipsvich 1-1 Nottingem Forest
24/10 16:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
24/10 17:00 Rayo Valyekano 0-3 Elche
24/10 18:00 Kalyari 0-2 Bolonya
24/10 18:00 Komo 2-0 Sassuolo
24/10 18:00 Nasaf 2-1 So‘g‘diyona
24/10 19:00 Arsenal 2-0 Everton
24/10 19:00 Koventri Siti 0-1 Fulhem
24/10 19:15 Rasing - Espanyol
24/10 21:00 Napoli - Roma
24/10 21:30 Valensiya - Vilyarreal
24/10 21:30 Chelsi - Tottenhem
24/10 23:45 Lasio - Parma
25/10 00:00 Atletiko - Deportivo
25/10 16:00 OKMK - Qo‘qon-1912
25/10 16:30 Inter - Fiorentina
25/10 18:00 Atletik Bilbao - Xetafe
25/10 18:00 Qizilqum - Lokomotiv
25/10 18:15 Dinamo - Andijon
25/10 19:00 Kristal Pelas - Nyukasl
25/10 19:00 Xall Siti - Brentford
25/10 19:00 Liverpul - Brayton
25/10 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
25/10 19:00 Atalanta - Frozinone
25/10 19:00 Jenoa - Venetsiya
25/10 20:15 Selta - Betis
25/10 21:30 Sanderlend - Lids
25/10 22:00 Lechche - Yuventus
25/10 22:30 Real Sosyedad - Levante

Neymar rekord miqdorda jarimaga tortildi

Neymar rekord miqdorda jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Braziliya futboli bosh yulduzi Neymar shaxsiy uy qurilishida qoidalardan chetga chiqqani va bu bilan tabiatga zarar yetkazgani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi.

Gap 16 million real (3,3 mln. dollar) haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, Braziliyada hali hech kim bu darajada katta jarima to‘lamagan ekan.

Keyingi faoliyati masalasida hali yakuniy to‘xtamga kelmagan «PSJ» hujumchisi ekologiya muhofazasiga doir chamasi 10ta qonunni buzganlikda ayblandi. Aniqrog‘i, Braziliya milliy jamoasi yulduzi Rio-de-Janeyro tevaragida joylashgan Mangaratiba shahrida qad ko‘targan koshonasi hududida sun’iy ko‘l barpo etishda sohil tabiatini asrashga qaratilgan bir qator qonunlardan chetga chiqqan. Sky News xabariga qaraganda, 31 yoshli hujumchiga nisbatan jiddiy moliyaviy chora ko‘rish tashabbusi Braziliya hukumatidan chiqqan. Muhokamalar yakunida ko‘pchilik 16 million real (3,3 mln. dollar yoxud 2,6 million funt sterling) miqdorida jarima belgilashni yoqlagan.

Hozircha Neymarning o‘zi bunga qandaydir izoh bergani yo‘q. Futbolchining advokatlari ham sukut saqlashmoqda. Mangaratiba meriyasi bayonotida qayd etilishicha esa, futbolchi hashamatli koshonasida ko‘l barpo etishda ekologiya qonunlariga mutlaqo befarq qaragan. Ayblovlar esa chindan ham, ancha jiddiy: daryo o‘zanini burish, toshlarni siljitish, plyaj qurilishi uchun ruxsat etilmagan joydan qum olish, noqonuniy yer qazish, mavjud o‘simliklarni yo‘q qilish va hokazo... Shu tariqa qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yildi. Qo‘shimcha qilinishicha, Neymar ko‘l loyihasiga chamasi 120 ming real (25 ming dollar) sarflashga ulgurgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 21.07.2023.
O'qildi: 5861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик