"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Tomas Partini kelajagi haqida gapirdi.
"Umid qilamanki, Tomas Parti "Arsenal"da qoladi. U jamoa uchun foydali bo‘lishi mumkin", - deya Arteta so‘zlarini keltirgan Sky Sports.
Avvalroq 30 yoshli ivuarlik futbolchiga Saudiya klublari qiziqish bildirayotgan edi.













