Kirish Ro'yxatdan o'tish

CAFA Futsal Cup 2023. O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta gol urilgan o‘yinda Tojikistonni mag‘lub etdi

CAFA Futsal Cup 2023. O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta gol urilgan o‘yinda Tojikistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Tojikistonda CAFA Futsal Cup 2023 musobaqasi start oldi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi dastlabki turda mezbonlarga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston safida Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Akbar Usmonov va Hamroyev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Tojikistonning gollariga Fayzali Sardorov hamda Dilshod Salomov muallif bo‘ldi.

O‘zbekiston keyingi o‘yinini 24 iyul kuni Afg‘onistonga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 17:00 da start oladi.

CAFA Futsal Cup 2023
1-tur bahsi
O‘zbekiston — Tojikiston 4:2
Gollar: 1:0 – 16 Dilshod Rahmatov, 2:0 – 18 Husniddin Nishonov, 2:1 – 20 Fayzali Sardorov, 3:1 – 24 Akbar Usmonov, 3:2 – 25 Dilshod Salomov, 4:2 – 33 Ilhom Hamroyev.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:59, 23.07.2023.
O'qildi: 4025 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик