"Milan" futbolchisi APLga qaytadi. Xabarlarga ko‘ra, "Vest Xem Yunayted" milanliklar hujumchisi Divok Origi xaridiga yaqin turibdi. Belgiyalik Italiyada muvaffaqiyatsiz mavsum o‘tkazgan edi.
U o‘tgan yozda erkin agent sifatida "Milan"ga keladi. Origi "Liverpul" bilan APL va YECHLda g‘alaba qozongan. Shu sabab "Vest Xem" uchun u foydali futbolchi bo‘lardi.