"Bavariya" darvozaboni Yan Zommer Yaponiyadagi mavsumoldi safarida jamoaning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi, deb xabar bermoqda Calciomercato nashri.
Qayd etilishicha, 34 yoshli shveysariyalik darvozabon "Inter" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, kelishuvning potensial yakunlanishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Tomonlar transfer yaqin kelajakda amalga oshishiga ishonch bildirmoqda.
Avvalroq, darvozabonning o‘zi bu o‘tish rejalashtirilgani va milanliklar 6 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida ma’lumotlar bor edi.