"Bayer" himoyachisi Sodiq Fofana Niderlandiyaning "Fortuna" klubiga ijaraga berildi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
Germaniya yoshlar terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi bilan ijara shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan.
Fofana o‘tgan mavsumni "Nyurnberg"da ijara asosida o‘tkazdi. Ikkinchi Bundesligada 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka olgan.