Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"MYU" bir yil oldin 8 ta futbolchisi bilan xayrlashgandi. Ularning taqdiri ne kechdi?

"MYU" bir yil oldin 8 ta futbolchisi bilan xayrlashgandi. Ularning taqdiri ne kechdi?

Baho:
+ | -

Ralf Rangnik "MYU"ni tark etishidan oldin tarkibda tozalash ishlari o‘tkazish kerakligini aytgandi. Uning o‘rniga kelgan Erik ten Xag shu ishni amalga oshirdi. Ammo biz uni sotib olgan futbolchilarini bilamiz xolos. Kazemiro, Eriksen, Martines va Antonilar o‘tgan mavsumning yaxshi yakunlanishida katta o‘ringa ega bo‘ldi. Biroq, ketganlarning taqdiri ne kechdi? O‘zi ular kimlar? Quyida shu kabi savollarga javob topasiz.

Edinson Kavani

Kavani "MYU"ni erkin agent sifatida tark etadi. Uning yangi jamoasi "Valensiya" edi. Hujumchi o‘z darajasiga qayta chiqa olmaydi. Mavsum Kavani uchun 5 ta gol bilan yakunlandi. "Ko‘rshapalaklar" esa La-ligada zo‘rg‘a jon saqlab qoldi. Natijada "Valensiya" hujumchi bilan xayrlashish bo‘sag‘asida turibdi. 36 yoshli futbolchiga "Boka Xuniors" qiziqish bildirmoqda.

Jessi Lingard

Lingard ham erkin agent bo‘lib, o‘z jonajon klubidan ketadi. Uni "Nottingem" o‘z bag‘riga chorlaydi. London klubida, yarim himoyachi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Lingard o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Ingliz futbolchisi liga kubogida 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. APLda esa ko‘rinish bermadi. Bir yillik bitim yakuniga yetdi va Lingard hozir yana erkin agentga aylangan. U o‘ziga yangi klub qidirmoqda.

Xuan Mata

Mata "MYU" bilan shartnomasi tugashi bilan Turkiyaga yo‘l oldi. U "Galatasaray" bilan bir yillik bitim tuzgandi. Ispaniyalik yarim himoyachi mavsum davomida 3 marta asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Uning jamoasi esa Turkiya chempioniga aylandi. 35 yoshli futbolchi hozir yana erkin agent va Manchester shahriga qaytgan. Yangi jamoa topilavermasa, Mata ham futbol bilan xayrlashib yuborishi mumkin.

Nemanya Matich

Matich o‘tgan mavsumda "Roma" futbolchisiga aylangandi. U eski ustozi Mourinyo bilan yana birlashdi va rimliklarga ko‘plab o‘yinlarda yordam berdi. Klub mavsumni A seriyada oltinchi, Yevropa ligasida esa ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Pol Pogba

Pogba ham Matich kabi Italiyaga yo‘l oldi. U eski jamoasi "Yuventus"ga keldi. O‘tgan yozda jarohat olgani sababli, mavsumning katta qismi Pogba uchun shifoxonada o‘tdi. 29 yoshli yarim himoyachi fevral oyida maydonga qaytdi. Ammo o‘yinlarda juda kam ko‘rinish berdi. Pogba 2022-23 yilgi mavsumda jami 200 daqiqa maydonda harakat qilgan xolos.

Andreas Pereyra

Pereyra boshqa sheriklaridan farqli ravishda, Angliyada qoldi. U "Fulxem" safida yangi davrini boshladi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi APLning o‘zida 4 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi uzoq vaqtlik ijaralardan keyin yana APLda porlamoqda va buni ko‘rish yoqimli.

Taxit Chong

2021-22 yilgi mavsum Chong uchun "Birmingem" klubida, ijara asosida kechdi. Shundan keyin, yarim himoyachi o‘tgan yozda birmingemliklarga sotiladi. Bir mavsum davomida u 38 ta bahsda 4 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Yaqindagina "MYU" tarbiyalanuvchisini APL debyutanti bo‘lgan "Luton Taun" xarid qildi.

Jeyms Garner

"MYU" muxlislari Garnerni "Everton"ga sotilganidan xafa bo‘lishdi. Talantli futbolchi 9 million evaziga liverpulliklar safiga yo‘l olgandi. 22 yoshli hujumchi Shon Daych jamoasiga moslashib olishga qiynaldi. Ammo mavsum oxirrog‘ida nimalarga qodir ekanini ko‘rsata boshladi. Uning rivojlanishini tomosha qilishda davom etamiz.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:13, 27.07.2023.
O'qildi: 3536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.