Kirish Ro'yxatdan o'tish

Moura Meksikaga ketishga yaqin turibdi

Moura Meksikaga ketishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem"ning sobiq hujumchisi Lukas Moura "Monterrey"ga o‘tishga yaqin turibdi, deb yozdi jurnalist Renata Villash-Boash tvitterda. Futbolchi erkin agent hisoblanadi.

Meksika klubi 30 yoshli braziliyalik bilan muzokaralarda oldinga siljigan. “San-Paulu” futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqmagan. Bitim yaqin orada yakunlanadi.

Moura 2018 yildan beri “Tottenxem” safida to‘p tepadi. Bu vaqt ichida u klub safida 221 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urgan va 27 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 05:04, 28.07.2023.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.