Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Karrager Saudiya loyihasini keskin tanqid qildi

Karrager Saudiya loyihasini keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

Jordan Xenderson "Al Ittifoq"qa – Stiven Jerrard jamoasi safiga o‘tishini e’lon qilganidan so‘ng, Jeymi Karrager Saudiya ligasini keskin tanqid qildi.

"Liverpul"ning sobiq sardorlari Yaqin Sharqda birlashdilar: Xenderson o‘n ikki yillik g‘alaba va sovrinlardan so‘ng Mersisaydni tark etdi va shartnoma imzoladi va bu uni eng ko‘p maosh oluvchi ingliz futbolchisiga aylantirdi.

Xenderson yillar davomida davom etib kelgan uzoq qadriyatlarni buzib yuborayotgan mamlakatga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgani uchun qattiq tanqid qilindi. Shu bilan birga, "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager ham buni tushundi: u saudiyaliklarni "to‘xtatish kerakligini" aytdi, biroq ayni paytda Xenderson va Jerrardning Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tishi haqida aniq tanqid bildira olmadi. Ammo shunga qaramay, u bugun The Telegraph gazetasidagi ruknida o‘z fikrini bildirdi va Saudiya Arabistonida katta pullar evaziga ham ishlashga rozi bo‘lmasligini aytdi. Maqola juda katta hajmli bo‘lib chiqdi, ammo bu yerda asosiy iqtiboslarni keltiramiz.

Saudiya chempionati darajasi haqida:

"Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni Pro-ligasiga o‘tib, Jordan Xendersonga unga ergashish imkoniyatini taklif qilganidan beri, mendan ularning qarori haqida ko‘p savollar berishdi. Men ularning vakili emasman, o‘zim uchun gapiraman. Ammo ularning kasb tanlashidagi ijobiy va salbiy tomonlarini inobatga olib, men shuni aytishga tayyorman: agar menga Sky Sports va CBS telekanallarini tark etib, Saudiya Pro-ligasini yoritish uchun maoshimni 4 baravar oshirishni taklif qilishsa ham bunga rozi bo‘lmayman.

Nega? Chunki men hozirda Premyer-liga va Chempionlar ligasi kabi dunyoning eng yaxshi saviyali futbolini tomosha qilishni va tahlil qilishni yaxshi ko‘raman. Men hech qachon tarix va an’anaga ega bo‘lmagan ligada yashamagan bo‘lardim", – dedi Karrager.

U yerga ko‘chib o‘tgan futbolchilar haqida:

"Transferlar faolligiga qaramay, Saudiya Pro-ligasi hali hammasini o‘zgartiradigan o‘yinchi bilan shartnoma imzolagani yo‘q. Ha, dunyoga mashhur futbolchi u yerga qadam tashladi, boshqalar ham unga ergashadi. Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, N'Golo Kante, Ruben Nevesh va Roberto Firmino Saudiya klublariga qo‘shilishdi va ko‘p hollarda muxlislar ulardan xursand bo‘lishdi. Odatda bular Chempionlar ligasi darajasidagi elita klublarida faoliyatini yakunlangan yulduzlardir. Agar saudiyaliklar Kilian Mbappe kabi jahon yulduzini faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida o‘z safiga qo‘sha olishsa, katta muhokama sodir bo‘lardi. Mbappe o‘ziga Saudiya loyihasi qiziqmasligini bildirganidan xursandman. Agar dunyoning eng buyuk futbolchisi pul uchun o‘z faoliyatining o‘n ikki oyini qurbon qilsa, bu yomon signal beradi". 

Yevropa futboliga tahdid haqida:

«Manchester Siti»dan Bernardu Silva Saudiya Arabistonidan taklif olganida, men ijtimoiy tarmoqlarda bu haqiqatan ham futbol muvozanatini buzib yuborishi mumkinligini yozgandim. Nega? Chunki u hali ham dunyoning eng yaxshi jamoalarida o‘ynay oladigan darajada. Bunday bitim boshqalar uchun xushyorlik belgisini yoqishi kerak bo‘ladi. "Fulxem"dagi Aleksandr Mitrovichga qarang. U favqulodda moliyaviy taklif bo‘lsa ham dunyoning eng yaxshi ligasida o‘ynashdan voz kecha olmadi va Premyer-liganing eng yaxshi hujumchisidir. Agar kimdir - futbolchilar, murabbiylar va ekspertlar - pulni sifatdan ustun qo‘ysa, hafsalam pir bo‘ladi. Agar bu sindrom butun Yevropada davom etsa, klublar jiddiy muammolarga duch kelishadi".

Hendo transferi haqida:

"Futbol nuqtayi nazaridan, Xendersonning transfer jarayoni Saudiya Arabistonida sodir bo‘lgan keyingi ko‘p voqealardan farq qilmaydi. U klub uchun borini bergach, "Liverpul" afsonasi sifatida ketdi. Bu munozarali emas. Bu futbolchi va klubga mos keladigan kelishuv. "Liverpul" Xendersonning yo‘liga to‘sqinlik qilmadi, bu moliyaviy jihatdan yaxshi harakat bo‘lganini ko‘rsatadi", – dedi Karrager.

Siz Karragerning xulosalariga qo‘shilasizmi yoki Saudiya Arabistoni allaqachon futbol olamini ijobiy tomonga o‘zgartira olgan deb o‘ylaysizmi?

Kiritildi: 05:49, 28.07.2023.
O'qildi: 1440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.