Saudiya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, "Al-Ahli" "Manchester Siti" vingeri Riyod Mahrez bilan shartnoma imzoladi. 32 yoshli jazoirlik futbolchi bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Al-Ahli” futbolchining transferi uchun 30 million funt to‘laydi.
Mirror avvalroq Maxrez yangi jamoasidan yiliga 46 million yevro olishi haqida xabar bergan edi.













