Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

“CHelsi” atrofidagi yangiliklar

“CHelsi” atrofidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Hammaga salom! Biz turli formatlarni sinab ko‘rishda davom etamiz. Ko‘pchiligimiz yangiliklardan xabardor emasmiz, lekin asosiy hisobotlarni o‘qishni yaxshi ko‘ramiz. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan yangiliklar dayjestlarini sizga taqdim etamiz. Bugun “Chelsi” atrofidagi vaziyatga to‘xtalamiz.

Asosiy insaydlar

"Chelsi" Moises Kaysedo uchun to‘rtinchi marta 75 million funt sterling taklif qildi. Yana 5 million londonliklar “Brayton”ga bonus sifatida taklif qilishdi, ammo bu taklif ham rad etildi. David Ornshteynning aytishicha, "Chelsi"ning avvalgi takliflari ancha oddiyroq bo‘lgan: 60, 65 va 70 million funt. "Brayton" 100 million talab qilishda davom etmoqda. Futbolchining o‘zi bir oy oldin londonliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgandi.

Kaysedo bo‘yicha muvaffaqiyatsiz muzokaralar "Chelsi"ni Romeo Laviya vakillariga murojaat qilishga undadi. "Sautgempton" belgiyalik futbolchini o‘tgan yozda "Stemford Brij"ga 50 million funtga sotishdan bosh tortgandi. Bu yil ular xuddi shunday summa evaziga Lavia bilan xayrlashishga tayyor. “Liverpul” futbolchi transferi uchun favorit hisoblanmoqda: Romanoning aytishicha, muzokaralar davom etmoqda, Romeo bilan hammasi kelishib olingan, biroq hozircha mersisaydliklar ancha kam taklif qilmoqda – “Sautgempton” 37 million funtlik birinchi taklifni allaqachon rad etgan. "Chelsi" ko‘proq narsani taklif qila oladi, ammo "Liverpul" bilan barcha tafsilotlarni kelishib olgandan keyin Lavianing o‘zi "Chelsi"ga o‘tishni xohlaydimi yoki yo‘qmi bunisi noma’lum.

Nizaar Kinsella "Fulxem" Kallum Xadson-Odoi uchun 4 million funt taklif qilganini aytdi. Romano qo‘shimcha qildi: "Agar Marko Silva Saudiya Arabistoniga borsa, Odoi "Fulxem"ga o‘tishga rozi bo‘lmaydi. Bu bosqichda shaxsiy shartnoma shartlari deyarli kelishib olindi, biroq klublar hali narx bo‘yicha kelisha olishmadi”. "Chelsi" 8 million funt talab qilmoqda.

O‘sha Kinsellaning aytishicha, "Chelsi" Konor Gallaxer, Yan Matsen va Trevo Chalobadan ma’lum narx evaziga xayrlashishga tayyor. "Vest Xem" birinchi bo‘lib qiziqish bildirgan va hatto 37+3 million funt sterling taklif qilgan. "Chelsi" rad javobini berdi - klub 50 millionga yaqin pul olmoqchi. “Vest Xem”ning insayderlari klub Gallaxer uchun kurashdan tashqarida ekanini aytishdi. Angliyalik futbolchiga “Tottenxem” qiziqayotgani haqida mish-mishlar bor, biroq “shporlar” hali futbolchi bo‘yicha taklif bildirgani yo‘q.

Bu holatning eng g‘alati tomoni Pochettinoning har uchala futbolchi bilan ishlash istagida. Biroq rahbariyat o‘sha Gallaxer klub standartlariga javob bermasligiga ishonishda davom etmoqda. Qanday standartlar haqida gap ketgani bizga ham qiziq. Pochettino matbuot anjumanida Konor mavsumdagi rejalariga kiritilganligini aniq aytdi.

"Chelsi" hujum zonasida uchta futbolchiga ko‘z tikmoqda: Muhammad Kudus, Rayan Sherki va Maykl Olise. Hozircha barcha insaydlar ancha umumlashgan - klub qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchilar uchun rasmiy takliflar bilan chiqmagan. Xabar qilinishicha, Olise bilan shaxsiy shartnoma shartlari og‘zaki kelishilgan.

O‘tgan o‘yinlar

Mavsumga tayyorgarlik doirasida “Chelsi” “Reksem” (5:0), “Brayton” (4:3) va “Nyukasl” (1:1) klublariga qarshi bahs olib bordi. Eng yorqin o‘yin ko‘rsatganlar Nikolas Jekson (3 o‘yinda 2+2) va Yan Matsen (2+1). Oldinda “Fulxem” va Dortmundning “Borussiya”siga qarshi nazorat o‘yinlari bor.

Boshqa yangiliklar

"Chelsi" Stamford Bridjdagi har bir tribunani alohida-alohida qayta qurish noqulay va yuqori stadionga mos kelmasligiga ishonmoqda. Eng mumkin bo‘lgan ssenariy butunlay yangi stadion qurilishi.

Bundan tashqari, Stoll (Britaniyadagi faxriylarni uy-joy bilan ta’minlaydigan kompaniya) vasiylik kengashi ser Osvald Stollning ko‘prik yonidagi saroyi binolarining aksariyat qismini sotishga rozi bo‘ldi. Bu "Chelsi"ga stadionni kengaytirishda yordam beradi.

“Chelsi”ni klubning texnik direktori Kristofer Uivel tark etadi. Nemis bu lavozimni dekabr oyida egallagandi, ammo sport direktorlari Pol Uinstanli va Lourens Styuartning jamoaviy ishi uni jamoaga yetarli hissa qo‘shishdan deyarli mahrum qildi. Bundan tashqari, Uivel Yulian Nagelsmannni tayinlash va Joau Feliksni sotib olish uchun tashabbuskorlik qilgan, ikkala marta ham Kristoferning takliflari hamkasblar tomonidan ma’qullanmagan.

Kiritildi: 20:42, 28.07.2023.
O'qildi: 2765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.