"Liverpul" yarim himoyachisi Fabinyo Saudiya Arabistoniga o‘tishga yaqin turibdi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi "Al-Ittihod"ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Klublar hamon hujjatlar imzolanishini kutishmoqda, og‘zaki kelishuvga erishildi.
Fabinyo “Al-Ittihod” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.













