Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Suares: "Gremio" bilan shartnomani muddatdan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishib oldik"

Suares: "Gremio" bilan shartnomani muddatdan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishib oldik"

Baho:
+ | -

Luis Suares “Gremio”ni muddatidan avval tark etadi, ammo uning “Inter Mayami”ga o‘tishi so‘roq ostida.

"Kelgusi yil jismoniy holatim va Braziliya chempionatining yuqori talablari tufayli munosib darajada ishtirok eta olmasligimni his qilyapman, shu bois klub bilan shartnomamni muddatidan bir yil oldin bekor qilish haqida gaplashdik.

Bu dekabr oyida sodir bo‘lishi kerak. Klub rozi bo‘ldi va buning uchun undan minnatdorman.

Boshqa joyda o‘ynaymanmi yoki yo‘qmi, bilmayman, chunki mening tizzamda surunkali muammo bor, bu haqda hammangiz bilasiz. “Gremio” muxlislaridan tizzasidagi qattiq og‘riqlarga qaramay, doim o‘ynaydigan 37 yoshli futbolchi borligini qadrlashlarini so‘ragan bo‘lardim. Meni so‘raganim shu.

"Inter Mayami" "Gremio" bilan gaplashgani va klub men bilan amaldagi shartnomam bor deb javob berganini yaxshi bilaman. Aytishim mumkinki, "Inter Mayami" men bilan gaplashmadi", - dedi urugvaylik futbolchi.

Xabar qilinishicha, MLS klubi hujumchi bilan shartnoma imzolashni kutgan va u bilan muzokara o‘tkazgan.

Kiritildi: 22:22, 29.07.2023.
O'qildi: 2360 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик