Niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deyk yarim himoyachi Jordan Xenderson Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubiga ketganidan so‘ng “Liverpul”ning yangi sardori bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Biz Jordanni futbolchi va jamoa sardori sifatida sog‘inamiz. Biroq, bu futbolning bir qismi, o‘yinchilar keladi va ketadi. Men ko‘p marta kapitan bo‘lganman va bunday daqiqalardan faxrlanaman. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz, ammo "Liverpul"ning yangi sardori bo‘lish men uchun katta sharaf bo‘ladi", dedi Virjil.
32 yoshli futbolchi 2018 yilning yanvar oyidan buyon "Liverpul"da o‘ynab kelyapti.