Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Porloq kelajak vorislari

Porloq kelajak vorislari

Baho:
+ | -

Yevropaning transfer mavsumi ayni qizg‘in pallada.

Yaqin kelajakda yorqin yulduz maqomiga ko‘taradigan jihatlarni o‘ziga jamlagan iqtidorli yoshlar bilan tanishish uchun eng qulay fursat. Gap yoshi 23ga ham chiqmay turib yuksak saviyani namoyish etayotgan, bahosi ham shunga yarasha bir necha o‘n millionlarga ko‘tarilib ketgan noyob iqtidorlar haqida emas, balki hali to‘la ochilishga ulgurmagan, lekin buyuklik belgilari balqib turgan bo‘lajak yulduzlar haqida.

Jeyms Trafford (darvozabon, 20 yoshda, «Manchester Siti», 20 mln. yevro)

Mazkur tahliliy risola aynan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida tayyorlangani bois, uni ramziy terma jamoa sifatida e’tirof etish ham mumkin. Turnir boshlangunga qadar Jeymsni ko‘pchilik muxlislar tanishmasdi. U «Siti»ning yoshlar jamoalarida o‘ynagan, asosiy tarkibga jalb etilmagan. O‘sha paytda darvozabonning bahosi 2,5 mln. yevroni tashkil etgan bo‘lsa, hozir 8 baravarga qimmatlashdi. Boisi, u musobaqada birorta gol o‘tkazmagan holda Angliya qahramoniga aylandi. Endi yaqin kelajakda u bosh jamoaning «birinchi raqami» bo‘lishiga ishonmaydigan birorta muxlis qolmadi.

Lyuis Xoll (himoyachi, 18 yoshda, «Chelsi», 10 mln.)

Himoya chizig‘ining chap qanoti va markaziy yarim himoyachi pozisiyalarida ishonchli o‘ynaydigan universal futbolchi. O‘tgan mavsumdagi «Chelsi» uchun o‘ta murakkab sharoitda Lyuis APLning 9ta uchrashuvida maydonga tushdi. U tezkor reydlarni amalga oshiradi, to‘pni yaxshi nazorat qiladi, tezligi va aniq uzatmalari bilan hujumda ham, himoyada ham samarali to‘p suradi.

Levi Koluill (himoyachi, 20 yoshda, «Chelsi», 30 mln.)

Yevro U21 qahramonlaridan biri. Turnir finalida bu markaziy himoyachi bir lahzada yulduzga aylanishi ham, eng omadsiz o‘yinchi maqomini olishi ham mumkin edi: hujum chog‘ida uning zarbasi ispanlar darvozasi to‘sinini titratgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalardagi xatosi o‘z darvozasi tomon penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. Xayriyatki, Traffordning ishonchli harakati Levini sharmandalikdan qutqarib qoldi. Umuman, Koluill turnirda va «Brayton»dagi ijara foaliyatida yorqin taassurot qoldirdi. «Chelsi» tarkibidan joy olish uchun barcha fazilatlarga ega. Shu qadar noyob iqtidorni zaxira o‘rindig‘ida qoldirish unga nisbatan haqoratga teng bo‘ladi.

Ilya Zabarniy (himoyachi, 20 yoshda, «Bornmut», 20 mln.)

Yanvarda Ilya «Bornmut»ga o‘tganida tengdoshlari orasida qit’aning eng yaxshi himoyachilaridan biri edi. Yangi jamoasida u buni isbotladi. Har tomonlama samarali o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchi tez orada qaysidir top-klub safidan joy olsa, ajablanmaymiz.

Tino Livramento (himoyachi, 20 yoshda, «Sautgempton», 25 mln.)

O‘ngu-so‘lga qaramasdan butun mamlakatni yosh iqtidorlar bilan ta’minlayotgan «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan biri. Poytaxtdan Sautgemptonga yo‘l olgan himoyachi 2021 yilda APLda to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Keyin 2022 yil  aprelida jarohat olib, 1 yildan ko‘proq vaqtini maydon tashqarisida o‘tkazdi. Tino - Yevro U21da zafar quchgan jamoaning eng faol vakillaridan biri bo‘ldi.

Stefan Baychetich (yarim himoyachi, 18 yoshda, «Liverpul», 13 mln.)

Baychetich aniq uzatmalar va to‘p uchun yakkama,yakka kurashlarda a’lo darajada harakat qiladigan o‘yinchi, yoshi xos bo‘lmagan darajada o‘ta vazmin tabiatli yigitcha. «Qizillar» tarkibiga jarohat bilan kelganiga qaramasdan, APL doirasida 11, YECHLda 4 marta maydonga tushdi. Kloppning navqiron iqtidordan umidlari katta. Bu yog‘iga hammasi Baychetichning o‘ziga bog‘liq.

Kerni Chukvuyemeka (yarim himoyachi, 19 yoshda, «Chelsi», 15 mln.)

«Ko‘klar»ning o‘ta mashaqqatli so‘nggi mavsumida xavbek 14 uchrashuvda ishtiroq etdi. Lekin atigi 2 marta u boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan bo‘lsada, yuksak salohiyatini yuzaga chiqarishga ulgurdi. Kerni - hujumkorlik fazilatlariga ega bo‘lgan klassik «sakkizlik». U to‘p bilan muomala qilish, o‘yin sur’ati va yo‘nalishini boshqarishda ishonchli o‘yin ko‘rsatadi. Shuningdek, uning ayrim jihatlari navqiron «uch sherlar»ning eng yorqin yulduzi bo‘lmish Jud Bellingemni eslatadi.

Lyuk Xarris (yarim himoyachi, 18 yoshda, «Fulxem», 500 ming)

Golga chanqoq hujumkor yarim himoyachi o‘tgan mavsumda «Fulxem»ga o‘tdiyu, asosiy tarkibdan joy oldi. Uning o‘yin va maydondagi vaziyatni to‘g‘ri his etishi, hujumlarni yakunlashi hayratlanarli darajada. Lyuk to‘pni egallab olganida, keyingi harakati raqiblari uchun doimo jumboq bo‘ladi. shuningdek, uning terma jamoani tanlashga oid qarorini ham tushunish qiyin: Angliya terma jamoasi safida to‘p surish imkoniyati bo‘lgan holda, negadir Uels variantini afzal ko‘rdi. Tez orada buning sabablari ma’lum bo‘lsa, ajabmas.

Koul Palmer (yarim himoyachi, 21 yosh, «Manchester Siti», 10 mln.)

Yosh chempionlarning zafariga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri. U musobaqaning eng yaxshi assistenti va yorqin ijrochisi unvonlariga sazovor bo‘ldi. Palmer yarim himoyada ham, oldingi chiziqning markazi va qanotlarida ham muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatadi. Uning o‘yinlarini kuzatgan muxlis nega shu paytgacha ko‘rmaganligi uchun o‘zidan ajablanishi aniq. Futbolchi shiddatli parvoz bo‘sag‘asida turgani aniq.

Kallum Xadson-Odoyi (yarim himoyachi, 22 yoshda, «Chelsi», 15 mln.)

Navbatdagi hujumkor universal. U ancha barvaqt «ko‘klar» safidan joy olgan, muxlislarda uning tez orada yulduz maqomiga ko‘tarilishiga umid uyg‘ongandi. Biroq o‘shanda yorqin kelajak sohibiga barqarorlik yetishmagandi. Keyin jamoaning o‘zi inqiroz «ko‘chasi»ga kirib qoldi. o‘tgan mavsumni Kallum «Bayer»da ijarada o‘tkazib, Bundesligadagi 14ta o‘yinda bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. 

Evan Fergyuson (hujumchi, 18 yoshda, «Brayton», 30 mln.)

Hozirgi «Brayton»ning bebaho javohiri. Endi 18ga chiqqan hujumchi so‘nggi mavsumning 34ta o‘yinida 16ta gol urdi va el og‘ziga tushdi. Shuningdek, u noyabr oyidagi debyutidan keyin Irlandiya terma jamoasida 2ta gol urishga ulgurdi. Evan shiddatli taraqqiyot yo‘liga tushib oldi. U zamonaviy hujumchiga kerak bo‘lgan barcha ijobiy xislatlarga ega. Nafaqat darvozani ishg‘ol etish, balki jamoadoshlarini samarali uzatmalar bilan ta’minlashni ham puxta o‘zlashtirgan. APLdek nufuzli chempionatda yosh futbolchi o‘zini emin-erkin his etmoqda. Shu sababli top klublarning unga bo‘lgan qiziqishlari ham bahosi kabi ancha yuqori.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:03, 30.07.2023.
O'qildi: 2610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.